Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə79/91
tarix20.11.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#163495
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91
Kompozision materiallarning zamonaviy texnologiyalari Raximov Sh

Sintetik polimerlar. Polimerlar deb (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib,
«poli»-ko‘p, «meros»-qism, bo‘lak) yuqori molekulali birikmalarga aytiladi. Agar zanjir uglerod atomlarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishlaridan tuzilgan bo‘lsa, unda bunday polimer karbozanjirli, agar uglerod bilan birgalikda boshqa elementlarning atomlari ham zanjirga kiritilgan bo‘lsa, unda-geterozanjirli hisoblanadi. Geterozanjirli polimerlarda atomlar o‘zaro yuqori energiya bilan bog‘langanligi ahamiyatlidir. Chunki shu tufayli ular yuqori mustahkamlikga va issiqlik ta’siriga turg‘un bo‘ladi.
Chiziqli yoki tarmoqli tuzilishli polimerlar (polietilen, polivinilxlorid, polistirol va boshqalar) qiziganda yumshayish, soviganda esa qotish xususiyatiga (termoplastlar) egadirlar. Fazoviy tuzilishli polimerlar (fenolfarmaldegid, karbamid, poliefirlar va boshqalar) termoreaktiv hisobilanib, ular qiziganda va qorishtirishdan keyin erimaydigan mahsulotga aylanib qayta qoliplanish xususiyatiga (termoreaktoplastlar) ega bo‘lmaydilar.
Polimerlar suyuq va quyuq holatlarda saqlanishi mumkin. Qattiq polimerlar uchun amorfli yoki kristalli tuzilish xosdir. Sintetik polimerlar asosan ikki usul bilan olinadi:

    1. Polimerizatsiyalash,

    2. Polikondensatsiyalash.

Polimerlarni olish uchun asosiy xomashyo bo‘lib neftli uglevodorodlar, toshko‘mirni gazlashtirish va kokslashtirish jarayonida hosil bo‘lgan mahsulotlar hisoblanadi. Qurilishda keng ishlatiladigan plastmassalarni tayyorlash uchun eng
ko‘p qo‘llaniladigan polimerizatsion polimerlarga polietilen, polipropilen, poliizobutilen, polistirol, poliakrilatlar va polivinilatsetat kiradi.
Polietilen, polipropilen va poliizobutilen polimerlar poliolefinlar guruhiga kiradi. Bular uchun asosiy xomashyo bo‘lib asosan neftga termik va katalizator sifatida ishlov berish jarayonlarida hosil bo‘ladigan etilen, propilen va izobutilen gazlari xizmat qiladi. Turli xil usullar yordamida olingan polietilen xossalari 3.14- jadvalda keltirilgan. Polietilen organik erituvchilarda past eruvchanlik, kislotalar, ishqorlar va tuzlar ta’siriga turg‘unlik, yuqori suvga turg‘unlik va mexanik mustahkamlik kabi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Polietilenning kamchiliklariga issiqlik ta’siriga chidamsizliligi, elimlarga nisbatan adgeziyasining pastligi, kemiruvchilardan zararlanishi va qarishi kiradi. Xlorning miqdori ko‘p bo‘lganligi sababli polivinilxlorid yonmaydi, 130-170 0C haroratda polivinilxloridni parchalanishi, ya’ni xlorli vodorodni ajralib chiqib borishi kuzatiladi.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin