Issiqlik o‘tkazuvchanlik koef-ti, kkal/m•soat•grad
30 kunda suv
shimuvchanligi hajmi bo‘yicha %
Izoh
siqi- lish
egi- lish
Ko‘pik-polistirol
30 200
1,2-30
4-70
1
600÷
0,027
16
O‘zi
2,3
( - 100)
0,047
1
o‘chuvchi
Ko‘pik-polivinil-
60 200
2,3-26
4-40
0,7
60÷
0,03
10
Qiyin
xlorid
1,5
( - 60)
0,045
3
yonuvchi
Ko‘pik-poliuretan
30 200
1,5
10
0,3
150÷
0,026
18
Qiyin
3,5
50
1,6
( - 180)
0,05
5
yonuvchi
Ko‘pik-
200 400
8
6
0,16
200÷
0,04
8
Yonmaydi
polisiloksan
30
25
0,35
( - 60)
0,052
2
Ko‘pik-poliepoksid
80
300
6
10
0,5
100÷
0,032
18
O‘zi
50
70
1,5
( - 60)
0,055
2
o‘chuvchi
Fenolli ko‘pikplastmassa
80
150
150 230
2,5
7
6
3
6
5
0,15
0,25
0,26
130÷ ( - 50)
150÷
0,032
0,044
0,044
28
8
10
Yonmay di Yonmay di
25
15
0,36
( - 60)
0,056
6
Mochevino-
10 20
formaldegid
ko‘pikplastmassa
0,2
0,35
-
-
0,04
0,04
110÷ (- 200)
0,025
0,027
600
800
Yonmay di
(mipora)
Barcha issiqlik izolyatsiyalovchi plastmassalar yonuvchan. Ularni ochiq olovga yaqinlashtirgandagi holatiga ko‘ra, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:
guruh – qiyin yonuvchi (ko‘pikpoliuretanlarning ayrim turlari, kremniyorganik materiallar);
guruh – qiyin yonib ketuvchi (fenol – formaldegidli, poliuretanli, polixlorvinilli materiallar);
guruh – yonuvchi (polistirol).
Gazli plastmassalar deformatsiyalanishi va xususiyati yomonlashishi mumkin bo‘lgan past haroratlar deb – 60 dan – 180 0C gacha haroratlarni hisoblash kerak. Gazli plastmassalar o‘zining g‘ovak strukturasiga ko‘ra juda kichik suv yutish xususiyatiga ega, bu asosan g‘ovak xarakteriga bog‘liq. Ko‘pikplastmassa namunalarining suv shimuvchanligi deyarli 10 – 20 kunda to‘liq nihoyasiga etadi.
Issiqlik izolyatsiyalovchi konstruksiyalardagi bunday materiallarni namlikdan saqlash uchun, ular polietilen va polixlorvinil plenkalar bilan o‘raladi yoki suvdan himoyali lak-bo‘yoq tarkiblar bilan qoplanadi. Quyish yoki purkash usuli bilan olinuvchi ayrim ko‘pikplastmassalar, masalan poliuretan, poliepoksid, fenolli materiallarni namlikdan zich himoya qobig‘i bilan saqlanadi.
Ochiq g‘ovak (g‘ovakplastlar) gazli plastmassalarning ayrim turlarini tovush izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Qattiq g‘ovakplastmassalar, qoida bo‘yicha, gazli plastmassalarning boshqa turlariga ko‘ra, tovushni yaxshi yutadi.
Issiqlik izolyatsiyalovchi plastmassali mahsulotlarni qurilishda qo‘llash uchun tavsiya qilingan o‘lchamlari quyidagicha: polistirol, polivinilxlorid va fenolli qattiq plitalar (mm): uzunligi 500-1000, eni 400-700, qalinligi 25-80, poliuretanli (mm): uzunligi 2000, eni 1000, qalinligi 30-60.
Issiqlik izolyatsiyalovchi suvoq. Har bir suvoq issiqlikning singib o‘tishiga ma’lum darajada qarshilik ko‘rsatib, suvoq qatlamining qalinligiga va issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq, suvoqning issiqlik izolyatsiyalovchi ta’siri umumiy issiqlik izolyatsiyasiga nisbatan ancha pastdir. Issiqlik
o‘tkazuvchanlikning hisobiy qiymatlari ohak-sementli suvoq uchun 0,87 Vt/(m.K) ni va sementli suvoq uchun 1,4 Vt/(m.K) ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun suvoqdagi oddiy to‘ldiruvchini yengil to‘ldiruvchi (keramzit, agloporit, pemza, perlit, vermikulit, yengil polistrol) bilan qisman yoki to‘la almashtirish kerak (3.13-jadval).
250C haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/m·K
0,042
Foydalanish harorati, 0C
-269dan to + 700gacha
Erish harorati, 0C
1040
Bug‘ ta’siriga chidamlilk, %
99,5
Suv ta’siriga chidamlilik, %
96,4
Namlik, %
<2
Yonuvchanlik
Yonmaydi
Steklopor suyuq shisha va mineral kukunlar (bo‘r, kvars qumi, TES kuli va boshqalar) aralashmasini granulyasiyalab va ko‘pchitib (320-360 0C) olinadi. Steklopor va turli bog‘lovchilar asosida kompozitsion materiallar donali, mastikali va quyma holatda issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Uni penoplastlar tarkibiga kiritib buyumlarning mustahkamligini, olovga bardoshliligini oshirish va bog‘lovchi sarfini kamaytirish mumkin.
Ko‘pikshishayacheykali strukturaga ega bo‘lib, shisha ishlab chiqarish shixtasi (kvars qumi, ohaktosh, soda va natriyli sulfat) yoki shisha siniqlari asosida olinadi. Ko‘pik shisha, bu shisha kukuni va gaz hosil qiluvchilarni (koks va ohaktosh) eritib, ko‘pchitish jarayoni natijasida tayyorlanadi. Ko‘pik shisha xumdondan brus shaklida uzluksiz chiqib turadi, kerakli o‘lchamlarda kesiladi va asta-sekinlik bilan sovutiladi. Ko‘pik shisha materiali devorlarida mikrog‘ovaklar
ko‘p bo‘lgani uchun yuqori issiqlik izolyatsiyasilovchi xususiyatiga, yuqori mustahkamlikka, suv va sovuqqa chidamlilikka ega bo‘ladi.
Ko‘pik shishaning g‘ovakligi 80-95%, o‘rtacha zichligi 200-600 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,09-0,14 Vt(m.0C), siqilishdagi mustahkamligi 2-6 MPa. Ko‘pik shisha yonmaydigan material bo‘lib, 400 0C haroratda ishlatilishi mumkin. Tarkibida ishqor bo‘lmagan ko‘pik shishalar 600 0C haroratda o‘z xossalarini o‘zgartirmaydi. Ularni oson qirqish va ishlov berish mumkin. Ko‘pik shisha plitalari uzunligi 500 mm, eni 400 mm va qalinligi 70-140 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi va issiqlik tarmoqlari, magistral quvurlar, devorlar, shift, issiqxonalar qurilishida ishlatiladi. Ular madaniy-maishiy binolarda akustik va bezak materiali sifatida ishlatiladi.
Nazorat savollari:
Polimer kompozitsion materiallar.
Polimer kompozitsion materiallar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi.
Polimer kompozitsion materiallar tarkibi.
Polimer kompozitsion materiallar komponentlariga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Polimer kompozitsion materiallarning qurilishda ishlatilishi bo‘yicha klassifikatsiyasi. Plastmassalarni qayta ishlash usullari, polimer
kompozitsion materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi va usullari. Polimerkompozitsion materiallarni ishlab chiqarish asoslari, xossalari va ishlatilishsohalari
Polimer materiallar va buyumlar. Qurilishda ishlatiladigan plastik massalar murakkab kompozitsiya bo‘lib, polimer bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, barqarorlovchi, suyultiruvchi, qotirgich va boshqa komponentlardan tashkil topadi.
To‘ldiruvchilar polimerlarning sarfini nafaqat kamaytiradi, balki plastmassalarning narxini ham arzonlashtiradi. Bundan tashqari, ular polimer bog‘lovchi tuzilishini tartibga solib plastmassalarning qator texnikaviy xossalarini: mustahkamligi, qattiqligi, cho‘kishga qarshilik ko‘rsatuvchanligi,
cho‘ziluvchanligi va boshqalarni yaxshilaydi. Maxsus qo‘shimchalar bo‘lgan suyultiruvchilarning kiritilishi polimerli kompozitsiyalarga ishlov berish sharoitlarini yaxshilashga imkoniyat yaratib, mo‘rtligini pasaytiradi va deformatsiyalanishini oshiradi. Barqarorlashtiruvchi qo‘shimchalar plastmassalarning uzoq muddatgacha chidamli bo‘lishini va ishlatish jarayonlarida xossalarining bir me’yorda saqlanishini ta’minlaydi. Qotirgichlar, polimerlarning qotish jarayonini tezlashtiradi, fazoviy tuzilishni hosil qiladi. Rangli plastmassalarni olish uchun pigmentlardan foydalaniladi. Polimer materiallarning yong‘inga qarshi turg‘unligini antipirenlar oshiradi. G‘ovak plastmassalar g‘ovaklik hosil qiluvchi qo‘shimchalar yordamida olinadi.
Polimerli qurilish materiallar har xil xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga ularda o‘ziga xos qator xossalar mavjud. Shu xossalarni bilgan holda samarali ishlatish joylarini belgilash lozim. Zichligining pastligi va nisbatan yuqori mustahkamlik ko‘rsatgichlari plastmassalardan samarador qurilmalarni yasash imkoniyatini beradi. Plastmassalar elektr va issiqlikni yomon o‘tkazadi, shuning uchun ham ular yaxshi issiqlik o‘tkazmaydigan va dielektrik materiallardan bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda polimerli materiallar kislotalar, ishqorlar va boshqa turdagi kimyoviy reagentlarga qarshi turg‘unlikka ega.
Bularning yuzalarini qo‘shimcha himoyalash talab qilinmaydi va turli xil rangdagi tusda chiroyli qilib bo‘yalishlari mumkin. Ko‘pgina plastik massalar o‘zidan suvni o‘tkazmaydi. Shuning uchun ularni bino va inshootlarni gidroizolyatsiyalashda, tom qoplamalarida, quvurlar yasashda keng ko‘lamda qo‘llash mumkin. Tarkibida to‘ldiruvchi va pigmentlar bo‘lmasa material tiniq va o‘ta ko‘rinadigan bo‘ladi. Bunday materiallar issiqxonalar va davolash binolarini derazalarida ishlatiladi. Polimerli materiallarning ishqalanuvanligi past bo‘lganligi sababli pollarni qoplashda keng qo‘llaniladi.
Plastmassalar yuqori texnologik xossalarga ega, ya’ni turli texnologik usullar yordamida xilma-xil qurilish buyumlarini qoliplash mumkin va bu
jarayonlar mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi mumkin. Ularga mexanikaviy ishlov berish yengil, elimlab yopishtirish va payvandlash mumkin.
Polimerli ashyolar va buyumlarni ishlatishda ularning o‘ziga xos kamchiliklarini e’tiborga olish kerak, qaysiki ularning issiqlik ta’siriga past turg‘unligi, yuqori chiziqli kengayish koeffitsientiga ega bo‘lishi, yuqori miqdordagi cho‘ziluvchanligi, olov ta’sirida o‘t olish xususiyati yoki olov ta’siri ostida tarkibining buzilishi kabilarni kiritish mumkin. Ayrim plastik massalar atrof-muhitga zararli moddalarni ajratib chiqaradi. Bu hodisalar ko‘pincha polimerlarni hosil qilish jarayonlarining oxirigacha etkazilmaganligidan, ular tarkibiga kiradigan komponentlarning noxush xididan kelib chiqadi. Atrof muhitdagi turli faktorlarning va ayniqsa quyosh nurlarining, havodagi kislorod va issiq haroratning ta’siri ashyolarning tuzilishini u yoki bu miqdorgacha buzilishiga olib keladi va shular sababli polimer ashyo va buyumlarning fizikaviy va mexanikaviy xossalari yomonlashadi, eskiradi.
Polimerli qurilish materiallari va buyumlari ko‘pincha polimer bog‘lovchining turiga va ularning qurilishda qo‘llanish sohalariga qarab sinflarga bo‘linadi. Plastmassalarning barcha turlari ishlatilish sohalariga qarab quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: yuk ko‘taruvchi va to‘siq qurilmalar materiallari, pollarga yotqiziladigan va devorlarni bezash materiallari, gidroizolyatsiyalovchi va germitizatsiyalovchi, issiqlik va tovushdan izolyatsiyalovchi materiallar, quvur ashyolari va sanitar-texnik buyumlar, laklar, buyoqlar va elimlar.
Mo‘‘tadil haroratdagi fizikaviy holatiga va elastiklik xossalariga ko‘ra plastmassalar qattiq, yarim qattiq, muloyim va elastik turlarga bo‘linadi. Qattiq plastmassalarga fenoplastlar va aminoplastlar, qattiqlarga- pliamidlar va polipropilen; muloyimlarga- polivinilatsetat va polietilen misol bo‘ladi. Elastik plastmassalarga turli xil kauchuklar kiradi.
Polimerli materiallar samarali qurilish materiallari qatoriga kiradi. Ular qurilmalarni yengillashtirib qurilish ishlarini industrial uslubda olib borilishini keng tadbiq qilinishi, me’morchilik imkoniyatlarini kengaytirilishi, intererlarning
qiyofalarini o‘zgartirishi, mehnat harajatlarini kamaytirilishi imkoniyatlarini yaratadi. Polimer materiallar an’anaviy bo‘lib, ishlatilib kelinayotgan ko‘pgina materiallarga nisbatan yuqori fizikaviy-mexanikaviy xossalarga ega, ishlab chiqarish uchun kapital mablag‘ni 2-4 barobar kam talab qiladi. Plastmassaning har 1 tonnasi xalq xo‘jaligida 5,6t po‘latni, 3,4t rangli metallarni, katta miqdordagi kapital mablag‘ va mehnat harajatlarini tejashga imkoniyat yaratadi.
2>