Kompressorning tuzilishi va ishlashini tahlil qilish
REJA:
Asosiy tushunchalar.
Bir bosqichli porshenli kompressorlar.
Ko`p bosqichli porshenli kompressor.
ADABIYOTLAR
Nashokin V.V. Texnicheskaya termodinamika i teploperedacha M., 1980. 217-227 b.
Larikov N.N. Teplotexnika. M.,1986 y. 121-136 b.
Asraev R.A., efendiev A.M., Safarov R.T. Issiqlik texnikasi. Buxoro 2001 y. 74-79 b.
7.1 ASOSIY TUSHUNCHALAR
Gazni siqish va haydash uchun mo`ljallangan mashinalar kompressorlar deyiladi.
Kompressorlar xalq xo`jaligida qo`llanilayotgan zamonaviy texnikalarda keng foydalanilmoqda. Ayniqsa kimyo, mashinasozlik, metallurgiya, temir yo`li, aviatsiya sanoatlarida, gaz-turbinali dvigatellarda va sovitish qurilmalarida kompressorlar keng ishlatiladi.
Ishlash printsipi va tuzilishiga ko`ra kompressorlar hajmiy va parrakli kompressorlarga bo`linadi.
Hajmiy kompressorlarda gaz bosimi uning hajmini majburiy kamaytirish hisobiga ko`payadi. Hajmiy kompressorlar jumlasiga porshenli rotatsion va vintaviy kompressorlar kiradi.
Parrakli kompressorlarda gazning bosimi kompressorning g’ildiraklari aylanganida vujudga keladigan inertsion kuchlar ta`sirida ko`payadi. Ular trubokompressorlar ham deyiladi va markazdan qochma hamda o`qiy kompressorlariga bo`linadi.
Porshenli kompressorlar miqdori unchalik katta bo`lmagan gazni katta bosimlargacha siqishda ishlatiladi. Trubokompressorlar esa buning aksicha gazni nisbatan past bosimlarda (0,15-1,5MPa atrofida) uzatib berish uchun mo`ljallangan .
Kompressorlar bir-biridan konstruktsiyasi va siqish printsipiga ko`ra farq qilishiga qaramasdan siqish protsessi termodinamikasi ularda bir xil bo`ladi.
7. 2 BIR BOSQICHLI PORSHENLI KOMPRESSORLAR
Kompressorlarda sodir bo`ladigan protsesslarni tekshirish va tahlil qilish uchun, ish printsipi oddiyroq bo`lgan bir bosqichli porshenli kompressorlarni ko`rib chiqamiz (7.1-rasm).
- rasm.
U tsilindr 1 va ichida harakatlanadigan porshen’ 2 dan iborat. TSilindr devori ichi bo`shliq 6 dan iborat bo`lib unda sovituvchi suv aylanma harakat qiladi. Porshen’ shatun 3 vositasida krivoship 4 orqali kompressorning tirsakli vali 5 bilan birlashtirilgan va ilgarilama-qaytma harakat qiladi.
Porshen’ chapdan o`ngga siljiganda kompressor tsilindrida siyraklanish vujudga keladi. Tevarakdagi muhitning bosimi ta`sirida so`rish klapani 7 ochiladi va tsilindrga siqilishi lozim bo`lgan gaz to`ladi.
Porshen’ o`ngdan chapga tomon siljiganida so`rish klapani yopiladi va porshen’ tsilindrdagi gazni siqadi. Siqilgan gaz haydash klapani 8 ochilib tsilindrdan itarib chiqariladi va gaz yig’gichga haydaladi, undan esa iste`molchiga beriladi.
Bunda kompressorning ish protsessi porshenning ikki marta harakatlanishida amalga oshadi, bu esa valning bir marta aylanishiga muvofiq keladi.
Nazariy (ideal) bir bosqichli kompressorni ishlashini ko`rib chiqamiz.
Ishqalanishni engishga sarf bo`ladigan ish yo`q, tsilindrning geometrik hajmi foydali ish hajmiga teng va qoldiq bo`shliq hajm hosil kilmaydi, deb faraz qilamiz. Gazni tsilindrga so`rish va yig’gichga haydash o`zgarmas bosimda amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |