Kompyuter falsafasi


- reja. Virtual sanat asarlari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə121/143
tarix23.05.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#120317
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143
компютер фалсафа услубий.txt

3- reja. Virtual sanat asarlari
Bugungi kunda virtual reallik bilan birga qo‘shimcha reallik tushunchasi ham keng ommalashib bormoqda. Bu esa o‘z mahsulotlarini qo‘shimcha makon yordamida bir butun holatga keltirayotgan yirik kompaniyalar uchun ancha istiqolli hisoblanadi.
«TechCrunch» nashrining yozishicha, mazkur sohadagi yangi dasturlardan biri sizning devorlaringizni virtual san’at asarlari bilan bezab beradi. Shundan so‘ng o‘zingizga yoqqanini xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi «Hi-News».
Dasturni Amerikaning yirik internet do‘konlaridan biri — «Art.com» yaratmoqda. Ushbu kompaniya suratlar savdosi bilan 20 yildan buyon shug‘ullanib keladi. «Art.com» bosh direktorining yoniga «Lyft» taksi-dasturining marketing bo‘yicha sobiq rahbari Kira Vampler kelmaganida o‘z faoliyatini shu tarzda yana ancha yillar davom ettirgan bo‘lardi. «Art.com» mobil dasturiga devorlarni turli virtual surat va posterlar bilan bezash imkonini beradigan «ArtView» funksiyasini yaratish fikri aynan undan chiqqan. 
Foydalanuvchilar 2 million turdagi poster va suratlar ichidan o‘ziga ma’qulini tanlab olishi va uni devor o‘lchamiga mos ravishda buyurtma qilishi mumkin.
«Qo‘shimcha reallikdan nafaqat videoo‘yinlarda, balki bizning mijozlarimizni real muammolarini hal etishda ham foydalanish mumkin. Bizning kompaniyamiz zamonaviy dizaynning barcha tendensiyalariga mos bo‘lishga intilmoqda. Dastur foydalanuvchilari o‘zlariga yoqqan suratlarni ko‘rib chiqishi va sotib olishi mumkin. Bu esa savdo hajmining o‘sishiga xizmat qiladi degan umiddamiz», deydi kompaniya rahbari.
Milliarder Richard Brensonning «Virgin Galactic» kompaniyasi kosmosga virtual reallik orqali sayohat qilish imkonini beradigan saytni yaratdi. Ushbu saytni yaratish uchun «Virgin Galactic» «Microsoft Edge» brauzerining dasturchilari bilan birlashdi, deb xabar berdi «NV.ua».
Ixtirochilarning aytishicha, mazkur sayt brauzer foydalanuvchilarini koinotga olib chiqadi. U mavjud barcha parametrlarni o‘rganish uchun qulay, har qanday savolga javob berishga qodir, shuningdek, foydalanuvchi o‘zini orbitadagidek his qiladi. Virtual sayohatdan 2D, 3D va «WebVR»da foydalanish mumkin.
Yangi sayt «Virgin» kompaniyasining kosmik sayohatni rivojlantirishga bo‘lgan sa’y-harakatini ko‘rsatib beradi. Foydalanuvchilar «Virgin» kemasini «Windows»ning aralash realligi qurilmasi yordamida tadqiq etishi mumkin. Saytda «WhiteKnightTwo» va «VSS Unity» kompaniyalarining kemalariga VR-turlar tashkil etiladi. 3D-turlardan hatto maxsus qurilmasi yo‘qlar ham foydalanishi mumkin.
Sayt «Google Chrome»da yaxshi ishlamoqda. Bundan tashqari saytning mobil versiyasi ham ko‘pchilikka manzur bo‘lishi kerak.
So‘nggi vaqtlarda «Google» virtual reallik hamda qo‘shimcha reallik yo‘nalishidagi izlanishlarini faol tarzda rivojlantirmoqda. «Google» bu borada virtual reallikka ega yangi dasturni — «Just a Line»ni taqdim etdi. Uni hozirning o‘zida «Google Play» do‘konidan ko‘chirib olish mumkin, deb xabar berdi «ITC.ua».
Biroq, mazkur dastur «APCore» platformasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlardagina ishlaydi.
Ushbu dastur uch o‘lchamli virtual makonda tasvirlar chizish imkoniyatiga ega «Tilt Brush» dasturiga asoslangan. «Tilt Brush»ning ishlashi uchun smartfonlarda «VR» bo‘lishi lozim edi. Yangi «Just a Line» esa — bu suratlar chizish dasturi. Umuman olganda, dastur nomlarni aytib turadi va uch o‘lchamli makonga chizishda yordam beradi.
Ma’lumot uchun aytish mumkinki, 2018 yilning o‘zida «Google Play» do‘koniga qo‘shimcha reallikka oid platformalar asosida yaratilgan 60 dan ortiq yangi dasturlar joylangan.
«Asus» kompaniyasi tomonidan IFA 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilgan aralash reallik garniturasi nihoyat savdoga chiqdi. «Asus HC 102» komplekti ikkita harakat kontrolleri bilan 429 dollardan sotilmoqda, deb xabar berdi «Hi-News».
Qurilma 2,89 dyuymli displey bilan jihozlangan bo‘lib, piksellari soni 2880 x 1440 nuqtani tashkil etadi. Namoyish etish burchagi 95 darajaga, chastotasi esa 90 gersga teng. Bu esa virtual yoki qo‘shimcha reallik orqali yaratilgan dasturlar bilan bemalol ishlash, shuningdek, videoo‘yinlar o‘ynash imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, mazkur garnitura «Windows Mixed Reality» platformasi asosida yaratilgan va «Windows 10» operasion tizimida ishlaydi.
MR-garniturasiga HDMI 2.0, USB 3.0, Bluetooth va naushniklar uchun 3,5 millimetrli port o‘rnatilgan. Qurilmaning makondagi holati uning ichiga o‘rnatilgan datchiklar va kameralar yordamida amalga oshiriladi, shunday ekan unga tashqi sensor va kameralar shart emas. Garnituraning og‘irligi 400 grammni tashkil etadi, uni sozlash esa 10 daqiqadan ko‘proq vaqtni talab qilmaydi. Shundan so‘ng qurilma egalarida 20 mingdan ortiq dasturlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin