Bajarish uchun Быстрое выделение (Tezkor ajratish) – bandi orqali rasmning kerakli qismiga sichqonchani chap tugmasini bosib turib yuritib belgilab olamiz. So`ng Ctrl+Shift+I tugmasini bosamiz. Fonni olib tashlash uchun Ctrl+Delete tugmasini tanlaymiz. Natijada rasm qoladi, foni olib tashlanadi.
6.2.17-rasm. Rasm fonini o`chirish.
Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish
Ko`pincha fotosuratlarni olishda kadrga ortiqcha narsalar ham tushib qoladi va
ularni kadrdan olib tashlashga to`g`ri keladi. Bunda fotosuratning chet tomonlarini qirqib tashlash kerak. PhotoShopda bu maxsus uskuna ramka deyiladi. Uni klaviaturadagi С harfini yoki uskunalar satridagi tugmani bosib faollashtirish mumkin.
Ramkaning to`rt tomoni va to`rtta burchagidagi markerlardan zarurini sichqoncha bilan sudrab, ramkaning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Kerak bo`lsa, ramkani markazi atrofida burishimiz mumkin. Buning uchun sichqonchani ramkaning biror burchagiga tashqi tomondan yaqinlashtiramiz. Sichqoncha kursori aylana yoyi ko`rinishiga kelgach, chap tugmasini bosib turib, ramkani buramiz.
6.2.18-rasm. Rasmni belgilab ramkaga olish usuli tanlash
6.2.19-rasm. Rasm burish.
PhotoShopda ko`pincha bir nechta rasmlardan yangi rasm yaratishga to`g`ri keladi. Bunda tasvirlarning o`lchamini kichiklashtirish yoki kattalashtirish, ularni burish, o`girish, qiyalashtirish, qiyshaytirish kabi amallami bajarishga to`g`ri keladi. Bu amallar shakl o`zgartirish amallari deb ataladi. Bu kabi amallar bilan kadrlashga bag`ishlangan mashqlarda tanishib chiqqan edik. Lekin u yerda bu amallardan bir nechtasi bir paytda bajarilar va ularni dasturning o`zi tanlab bajarar edi. Bu esa har doim ham aniq va kutilgan natijaga olib kelmaydi. Shakl o`zgartirish amallari asosiy menyuning Редактирование bo`limidagi Трансформирование (Shakl o`zgartirish) bandida joylashgan. Yangi menyuda o`n ikkita band bo`lib, ular quyida keltirilgan: 1. Применить снова (qayta qo`llash) - oxirgi shakl o`zgartirish amalini yana bir marta qo`llaydi.
2. Масштабирование (o`lchamini o`zgartirish) – tasvir bo`lagi o`lchamlarini o`zgartiradi.
3. Поворот (Burish) - tasvir bo`lagini ixtiyoriy burchakka buradi.
4. Наклон (Qiyalash) - tasvir bo`lagini gorizontal yoki vertikal yo`nalishda qiyalaydi.
5. Искажение (Nochiziqli o`zgartirish) - tasvir bo`lagini to`rtburchak ko`rinishida tanlangan sohani qoplaydigan qilib o`zgartiradi.
6. Перспектива (Perspektivani o`zgartirish) - suratga olish nuqtasini o`zgartiradi.
7. Деформация (Qayta shakllantirish) - tasvir bo`lagini cho`zish bilan qayta shakllantiradi.
8. Поворот на 180° (180°ga burish) - tasvir bo`lagini 180° ga buradi.
117
9. Поворот на 90° по часовой (Soat mili bo`ylab 90°ga burish).
10. Поворот на 90° против часовой (Soat miliga teskari 90°ga burish).
11. Отразить по горизонтали (Gorizontal o`girish) - tasvir bo`lagini gorizontal yo`nalishda o`giradi.
12. Отразить по вертикали (Vertikal o`girish) - tasvir bo`lagini vertikal yo`nalishda o`giradi.
6.2.20-rasm. Shakl o`zgartirish.
Shakl o`zgartirishlarda yana asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) bo`limidagi Свободное Трансформирование (Erkin shakl o`zgartirishlar) (Ctrl+T)
amalidan ham keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |