15-mavzu: Color Picker muloqot oynasi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan ranglar tizimlari tabiatda uchraydigan ranglarning barchasini ham ko‘rsatib bera olmaydi. Ulaming yana bir kamchiligi, bu tizimlar apparatga bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, bir tizimda ishlaydigan ikkita turli qurilma ranglami bir xil ko‘rsata olmaydi.
Apparatlarga bog'liq bo‘lmagan va ranglami qamrab olishi eng katta bo‘lgan tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, u Lab deb ataladi. Ulardan birinchisi rangning yorug‘ligini (ingliz tilidagi Lightless so‘zidan olingan) anglatadi. Tkkinchi parametr a esa rangning qizildan yashilgacha, uchinchi parametr b rangning sariqdan ko‘k ranggacha boTgan o‘zgarishini aniqlaydi. PhotoShopda bu tizimdan yuqorida keltirilgan bir tizimdan ikkinchisiga o‘tishda foydalaniladi. Ya’ni bir tizimdan olingan rang aw al Lab tizimiga o‘tkaziladi, so‘ng undan boshqa tizimga o'giriladi.
Soxa tanlash - bu fotomontajning eng asosiy harakatlaridan biri. Shuning uchun bu harakatlarga doir bo’lgan Select menyu bo’lim buyruqlari bilan yaqinrok tanishamiz. Soxa tanlash ish qurollari bilan biz yuqoridagi mavzularda tanishganmiz. Ushbu ish qurollari bilan rasmning ixtiriy soxa tanlaganimizda, u punktir chiziqlar bilan chegaralanib ko’rinadi. Agar shu tanlangan soxaga yana boshqa ixtiyoriy soxani qo’shish uchun, Shift tugmasini bosib qo’shimcha soxani tanlaymiz. Agar shu tanlangan soxadan bir qismini tanlangandan chiqarib olish uchun, Alt tugmasini bosib shu soxani tanlaymiz. Endi Select menyusining asosiy buyruqlari bilan tanishaylik.
Hammasini tanlash - Vse (All) -{Ctrl+A}- butun rasm soxasini tanlash.
Tanlashdan chiqarish - Razotmenit (Deselect) -{Ctrl+D}- Tanlangan soxani bekor qilish.
tanlangan soxani ixtiyoriy xolatda cho’zish va o’zgartirish.
Tanlangan soxaning shaklini o’zgartirish va u ustidan xar hil amallarni bajarish mumkin. Buning uchun bizga Redaktirovar - Edit menyu buyruqlari bizga yordam beradi. Masalan tanlangan soxa nusxasini xotiraga olish va qirqib olish (Kopirovat-Copy, Vbirezat-Cut), xotiradan chiqarish (Vstavit-Paste).