(2.2.1-rasm) Dasturning dastlabki oynasi yuqoridagi koʻrinishda (2.2.1-rasm) boʻladi. Bunda asosiy oyna 2 ta textbox, 1 ta button va 1 ta combobox tugmalaridan iborat.
(2.2.2-rasm)
Dastlabki oynada (2.2.1-rasm) textboxdan admin tanlanib login va parol kiritiladi va quyidagi (2.2.2-rasm) administratsiya boʻlimiga oʻtiladi. Bu oynada dorilarni id, nomi va qoʻllanilishi boʻyicha qidirishimiz mumkin va biz kerakli dorimizni sonini, qayerda ishlab chiqarilgani va dorixona manzillarini bilib olishimiz mumkin.
(2.2.3-rasm)
Administratsiya boʻlimida (2.2.2-rasm) orqaga tugmasini bosib dastlabki oynaga (2.2.1-rasm) oʻtamiz. Dastlabki oynadan user yani foydalanuvchi qismini tanlab u uchun ham alohida login va parol kiritiladi. Login va parol kiritilgach kirish tugmasini bosib quyidagi (2.2.3-rasm) dori izlash boʻlimiga oʻtamiz. Bu boʻlimda foydalanuvchi dorilarni muammosiz izlashi mumkin.
(2.2.4-rasm)
Dori izlash (2.2.3-rasm) boʻlimida sotish tugmasini bosish orqali biz mahsulotimizni sotish (2.2.4-rasm) boʻlimiga oʻtamiz. Bu boʻlimda biz mahsulotimiz nomi, narxi, soni va mijoz ismi kiritilib savdo tugmasi orqali sotish amalga oshiriladi. Bu yerda reset tugmasi yangi mahsulot sotish uchun xizmat qiladi.
XULOSA Dorixona va dorilarni online nazorat qilishda boshqaruv tizimi foydalanuvchilarni tajovuzkorlar yoki begonalardan himoya qilish uchun qat'iy choralarni qoʻlladim. Bunday choralardan biri boʻlajak foydalanuvchining ma'murlarning ruxsatisiz platformada roʻyxatdan oʻtishga qodir emasligidadir. Platformada roʻyxatdan oʻtish uchun barcha kerakli ma'lumotlar: ism, manzil, soliq hujjatlari, toʻlov usullari va tegishli litsenziyalar toʻgʻri tekshirish uchun administratorga yuboriladi. Ushbu hujjatlarning haqiqiyligi isbotlangandan soʻng, administrator mijoz uchun hisob qaydnomasini yaratadi va tizimga kirish uchun ma'lumotlarni boshqaruv tizimiga yuboradi. Shuningdek, platforma orqali sotib olingan dori-darmonlar farmatsevtika maqsadlarida va shuning uchun ommaviy ravishda buyurtma qilinganligi sababli, agar oz miqdordagi dori-darmonlarga buyurtma berilsa, ma'murlar xabardor qilinadi, keyin esa dorixona buyurtmasini tasdiqlaydi va buzgʻunchi kirmasligiga ishonch hosil qiladi.
Ushbu kurs ishi onlayn farmatsevtika boshqaruv tizimlari bilan bogʻliq. Tizim barcha tomonlar uchun aloqa boʻshligʻini bartaraf etishga va qonuniy dori vositalari bilan ta’minlashga yordam beradigan xavfsiz va tasdiqlangan platformani taqdim etishi shubhasiz.
Shu bois barcha tavsiyalarga qat’iy amal qilinsa, dori vositalarining muomalada boʻlishini qat’iy nazorat va tartibga solish, qalbaki dori vositalari tarqalishining kamayishi kuzatiladi.