Kurs ishining dolzarbligi: : Ushbu kurs ishi hozirgi kunda dorixona va dorilarni online nazorat qilishni dasturlash tillari orqali tizimli joriy etish,ish samaradorligini oshirish va foydalanuvchilar hamda mijozlar uchun qulaylik tug‘dirishdan iborat.
Kurs ishi mazmuni: Dorixona va dorilarni online nazorat qilishda elektron almashinuv tizimini yaratish, mahsulotlar sonini, narxini va joylashuv oʻrnini tizimli ravishda tashkillashtirishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi: Dorixona va dori mahsulotlarni mijoz bilan qulay tarzda tizimli dastur orqali bogʻlash va foydalanuvchilar uchun qulaylik tugʻdirishdan iborat.
I BOB. DORIXONA VA DORILARNI ONLINE BOSHQARUV TIZIMINING TASNIFI 1.1 Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar haqida Dorixona ishini avtomatlashtirish tizimlari dorixona xodimining dorixonada barcha ishlarni shu bilan birgalikda xisob-kitob xujjatlarini va xisobotlarni elektron shaklda amalga oshirishda qoʻllaniladi.
Avtomatlashtirilgan tizim quyidagi modullardan tashkil topgan:
– Kirim-chiqim jurnali;
– Omborxona;
– Kassa;
– Sotuv analizi;
– Ma’lumotnomalar.
Barcha ma’lumotlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) da saqlanadi.
Ushbu avtomatlashtirilgan tizim bir vaqtning oʻzida bir necha foydalanuvchining lokal va Internet tarmogʻi orqali foydalanish imkoniyatini beradi.
Tizimning asosiy vazifasi – dorixona omboridagi maxsulotni kiritish va chiqarish xamda qoldiqlarni nazorat qilishdan iborat.
Dorixona omboriga qoldiqlarni kiritish elektron buyurtma boʻyicha kirish qogʻozlarini import qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi, hamda boshlangʻich qoldiqlar nakladnoylarini kiritish orqali tizimga qatnashmagan, ya’ni boshqa avtomatlashgan dorixona tizimidagi nakladnoylar importi ham mavjud.
Tovarni ombordan chiqarish dorixona omboridan chiqish nakladnoylarni xisobdan chiqarishda shakllanadi yoki kassa (Gʻazna) modulidagi sotuv yoʻli bilan ombor modulida mahsulotning qoldigʻini joriy holatini tahlil qilish mumkin, harakatini nazorat qilish mumkin.
Malumotnoma avtomat ravishda yangilanadi. Malumotnomani mustaqil toʻldirib borish mumkin. Yana kengaytirilgan ma’lumotnoma axborotni koʻrsatib turish imkoniyati yaratilgan.
Analiz(tahlil) moduli kassa moduli orqali realizatsiya qilingan mahsulotni tahlil qilish, mahsulotlarning diagrammalarini qurish, sotuv asosida keyingi qayta ishlovlar(obrabotkalar) uchun tuzish avtobuyurtma yuborish imkonini beradi.
Ofis-podkliyent rejimida dorixonalarning avtomatlashgan tizimida ishlash nazarda tutilgan.
Dorixona ishini tashkilashtirish katta miqdordagi farmatsevtik preparatlar bilan ishlashdir.
Barcha axborotning hisobini olib borish va dorixonani nazorat qilish avtomatlashgan tizimsiz amalga oshirib boʻlmaydi.
Ishni olib borishda professional dastur ishonchlidir. Dorixonalar uchun kompyuter dasturi katta oʻlchamdagi ma’lumotlar bilan ishlay oladi. U oʻz vaqtida masalani toʻlaqonli nazorat qiladi va oʻz vaqtida bajarilishni ta’minlaydi. Interfeysning sodda va qulayligiga qaramasdan tizim axborotni qayta ishlash uchun boy uskunalarga ega. Avtomatlashgan tizim dorixonadagi dori vositalari boʻyicha nazorat olib borishni va dorixonada qabul nazoratini olib borishga yordam beradi.
Yagona dasturdagi barcha ma’lumotlar tizimi ish jarayonini mukammalllashtiradi va soddalashtiradi.
Oʻziga jami jarayonlarni qamragan holda dastur dorixonada ishlab chikarish nazoratini amalga oshiradi. Tizim orqali nazorat funksiyasi avtomat bajariladi. Uning toʻlaqonli va toʻgʻri ishlashi uchun bazaga axborotni oʻz vaqtida kiritish talab etiladi.
Nazorat va boshqaruv dasturlaridan foydalanuvchilar:
Dorixona;
Medikamentlar ombori;
Savdo firmasi;
Savdo kompaniyasi;
Ishlab chiqarish korxonalari ;
Ulgurji savdo kompaniyasi;
Ulgurji savdo firmasi;
Farmatsevtik ishlab chiqarish kompaniyasi;
Ishlab chiqarish savdo kompaniyasi;
Ulgurji ombor;
Ulgurji kompaniya;
Farmatsevtik kompaniya;
va boshqalar
Funktsional talab
1. Administratorning imtiyozlari rolga asoslangan boʻlib, bu rolga ruxsat beradi. Xavfsizlik uchun kirishni boshqarishga asoslangan
2. Har bir foydalanuvchining IP manzili xavfsizlik uchun ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
3.Toʻrtta muvaffaqiyatsiz autentifikatsiya jarayonidan keyin tizim foydalanuvchilari taqiqlanadi.
4. Foydalanuvchilar zaxiradagi mahsulotlarni koʻrishlari mumkin, lekin ularni savatga oʻtkaza olmaydi
5. Har bir foydalanuvchi oʻziga xos idintifikatorga ega