Kompyuter injeneringi fakulteti



Yüklə 159,82 Kb.
səhifə2/5
tarix05.05.2023
ölçüsü159,82 Kb.
#108212
1   2   3   4   5
Mustaqil ish S.Z

Elektron marketing
Marketing atamasi insonlar hayotiga kirib kelganiga ko’p bo’lmagan bo’lsada, uning paydo bo’lish insoniytning juda qadim o’tmishiga borib taqaladi.
Insonlar qabila bo’lib yashay boshlashganda narsalar almashinish bugungi kunda juda ko’plab murakkab iqtisodiy faoliyatlardan va strategiyalardan tashkil topgan yaxlit tizimlarga aylanib ketdi. Bunga sabab tariqasida juda ko’plab omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Jumladan: odamlar sonining oshishi, maxsulot ishlab shiqarish va xizmat ko’rsatish turlarining ko’payib borishi va natijada raqobat muhitining yuzaga kelishi, ortib borayotgan ehtiyojlarimiz, sifat va vaqt ko’rsatkichlarining xilma xilligi va ayniqsa jamiyatning tabiatga ta’siri va buning natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlar va hokazo. Uni qarangki quyida sanab o’tgan barcha sabablarimiz bugungi kunda global muammolar sirasiga kiradi va aynan shu omillar insonlarning rivojlanib ravnaq topishida eng katta o’rin tutadi.
Biznes va tavakkalchilik
Bozor munosabatlariga o‘tish kichik biznesdagi har qanday xo‘jalik subyekti uchun noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi bilan bog‘liq. Tadbirkorlik muhitini doimiy ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu esa xo‘jalik tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik faoliyatining samaradorligini oshiradi.
Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy axvol, qonunchilik asosi, halkning ijtimoiy-madaniy saviyasi tarmoqlarning ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy-iqtisodiy sharoit va bozorning o‘ziga mos tarkibi, ya’ni konyunkturasi ta’sir ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatilgan ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda ularning hozirgi kichik bazis darajasini qoniqarli deb hisoblash mumkin va u respublikada kichik biznesning taraqqiyotini ta’minlay oladi. Ammo, mulkni himoya qiluvchi va shartnomalarga amal qilishni kafolatlovchi, qonunchilik tizimining yo‘qligi, tovarlar harakatining qat’iy tartibga solinishi, eksport uchun maxsus ruxsatnoma litsenziya berish tizimining murakkabligi, eksport uchun boj to‘lovlarining mavjudligi kichik biznesda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tavakkalchiligini sezilarli darajada oshiradi.
Tavakkalchilik — yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarga qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun, tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatar ham tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko‘p qirralidir va uni bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Umumiy holda xo‘jalik tavakkalchiligi bu inson faoliyatidagi noaniqlik va ziddiyat holati o‘lchovidir, u xavf-xatar, omadsizlik va zarar ko‘rish bilan tavsiflanadi.Tadbirkor uchun xos bo‘lgan xususiyat, bu shartli tavakkalchilikka borish, ya’ni foyda ko‘rishni ko‘zlashdir.

Yüklə 159,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin