Kompyuter injineringi” fakulteti “kompyuter injineringi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/7
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127587
1   2   3   4   5   6   7
611-19 gh Qosimova Yulduzxon 4-dedlina

NTFS fayl strukturasi. NTFS dagi har bir fayl va katalog atributlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Fayl nomi va faylning ma’lumotlarini fayl atributi sifatida ko‘radi.
NTFS har bir atributi maydonlardan iborat bo‘ladi: atribut turi,uzunligi, qiymati va imkoniyatlari. Atribut turi, uzunligi va nomi atribut sarlovhasida ko‘rsatiladi.
Tizimning mavjud atributlar to‘plami NTFS strukturasini ifodalaydi. Tizim atributlari fiksirlangan nomga va uning turi kodiga, hamda aniq bir formaga (shaklga) ega bo‘ladi. Foydalanuvchilarni aniqlashda atributlarni qo‘llash mumkin. Fayl atributlarini saqlashning ikki xil yo‘li mavjud – MFT jadval yozuvida rezidentli saqlash va uni tashqi qismlarda norezidentli saqlash. Bunday ko‘rinishda fayl rezidentli qismi rezidentli atributlardan iborat bo‘ladi, norezidentli qismi esa – norezident atributlardan iborat bo‘ladi. saralash faqat rezidentli atributlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Tizimli to‘plam quydgi atributlar to‘plamini o‘z ichiga oladi:

  • Atributlar ro‘yxati (Attribute List), har bir atribut joylashgan MFT yozuv raqamlari joyini ko‘rsatuvchi manzilni o‘z ichiga olgan fayldan iborat bo‘ladi.

  • Fayl nomi (File Name) – Unicode formatidagi fayl nomi uzunligi, hamda ona katalogi uchun MFT jadvaliga kiradigan raqam; agar bu fayl bir nechta kataloglardan iborat bo‘lsa, u holda File Name turidagi bir nechta atributlar bo‘ladi; bu atributlar har doim rezidentli bo‘lishi kerak.

  • MS-DOS nomi (MS-DOS Name) – 8.3 shaklda fayl nomi

  • versiya (Version)faylnining so‘ngi versiya raqami;

  • deskriptor xavfsizligi – ACL kirish qoidalar ro‘yxatini va ushbu faylda qanday ko‘rinishdagi operatsiya ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligini belgilovchi audit maydonini o‘z ichiga olgan himoya to‘g‘risidagi axborot;

  • tom versiyasi (Volume Version) faqat fayl tomida foydalaniladi;

  • tom nomi (Volume Name);

  • ma’lumotlar (Data) – odatiy fayl ma’lumotlari;

  • MFTbitli kartasi (MFT bitmap) tom blokida foydalanadigan xarita;

  • Indeks ildizi (Index Root) – daraxt ildizi katalogdan faylni izlash uchun foydalaniladi.

  • Standart axborot (Standard Information) - bu atribut fayl to‘g‘risidagi qolgan barcha standart axborotlarni saqlaydi. YA’ni biron bir boshqa fayl atributi bilan bog‘lanish murakkab bo‘lgan holatlarda, masalan, faylni yaratish vaqti, yangilanish vaqti va boshqalar.

NTFS fayllari kichik, katta, juda katta va eng katta joylashtirish usullariga ega.
Kichik fayllar. Agar fayl kichik hajmga ega bo‘lsa, u holda u MFT ning bitta yozuvi ichida joylashtirilishi mumkin, masalan 2 kbayt o‘lchamda. NTFS kichik fayllari quydagi atributladan iborat bo‘ladi (7.22 – rasm).

  • Standart axborot (Standard Information, SI);

  • Fayl nomi (File Name, FN);

  • Ma’lumotlar (Data);

  • Deskriptor xavfsizlik (Security Descriptor, SD).

Katta fayllar. Agar fayl ma’lumot MFT bitta yozuvida joylashmasa , u holda bu fakt Data atributi sarlovhasida ko‘rsatiladi. Bu holatda Data atributi har bir ma’lumot qismida manzil axborotini o‘z ichiga oladi.
Juda katta fayllar. Agar uning ma’lumotlar atributlari bir necha marotaba katta bo‘lsa va bitta yozuvga joylashtirib bo‘lmasa, u holda bu atribut MFT ning boshqa yozuviga joylashtiriladi. Bunday atributga havola faylning asosiy yozuviga joylashtiriladi. Bu havola Attribute List atributini o‘z ichiga oladi. Ma’lumot atributining o‘zi esa ma’lumot norezident qismi manzilini o‘z ichiga oladi.
Eng katta fayllar. Eng katta fayl uchun Attribute List atributida MFTning qo‘shimcha yozuvlari joylashgan bir nechta atributlarni ko‘rsatadi. Bundan tashqari ikkilik yordamchi manzillashdan foydalanish mumkin. U holda norezident atribut boshqa norezident atributga ko‘rsatiladi natijada NTFS da uzunlik tizim uchun atribut eng katta bo‘lmasligi ham mumkin.

24 – Amaliy mashg‘ulot.


TARMOQ OPERATSION TIZIMLARINI YARATISH TAMOYILLARI.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin