Mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi “marketing to’g’risida” gi qonunlar,
Internet reklama texnologiyasida onlayn reklama va an’anaviy reklamaning
sifatlaring tahlilini o’tkazish.
«Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun OAV erkinligi va
biznes rivojiga yana bir to‘siq bo‘lishi mumkin
Jamoatchilik nigohidan panada o‘tib ketayotgan
yangi qonun ommaviy
axborot
vositalari, ayniqsa telekanallar bugungi kunda
olib turgan daromadning
keskin kamayishiga va tadbirkorlarning o‘z mahsulotlari va xizmatlarini realizatsiya
qilishda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida» qonun loyihasi birinchi o‘qishda
deputatlarning 98,4 foiz ovozi bilan ma'qullandi. Ammo uning ba'zi
bandlari
e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «Reklama to‘g‘risida»gi
qonunning
yangi tahrirdagi loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqishdi va
bu 98,4 foiz deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Yangi qonun loyihasini ishlab
chiqish zarurati sifatida
amaldagi
qonunda
(amaldagi qonun 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, 30ta
moddadan iborat. Bugungi kunga qadar unga 15 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilgan) umumiy tusga ega bo‘lgan va ishlamaydigan normalar mavjudligi,