Design patternning o'zi nima? Design Pattern bu qayta-qayta qo'llash, ma'lum bir kontekstda aniq muammoni hal qilish uchun foydalanish mumkin bo'lgan yechim, yillar davomida dasturchilar tomonidan yig'ilib borgan eng yaxshi tajribalar to'plamidir. Design patternning o'zi muammo hal qilmaydi, aksincha u abstrakt fikr bo'lib class, interface, metodlarning o'zaro bog'lanishlari ko'rinishida beriladi. Misol tariqasida, bino qurilishi davomida quruvchilarning avval poydevor, keyin devor keyin esa tom qurish ketma-ketligini keltirishimiz mumkin. Undan tashqari OOP sifat talablarining mukammal tarzda ishlatilgan holati. Maqolalar seriyasi davomida ushbu prinsiplarning qanday qilib yo'lga qo'yilishi haqida ma'lumot berib borishga xarakat qilamiz. Design Patternlar haqida yozilgan shu kunga qadar eng mashhur kitob bu Design Patterns: Elements of Reusable Object-Oriented Software bo'lib, bu shu darajada mashhurki kitob muallfilariga GOF(Gang of Four)laqabini olib bergan. Ushbu to'rtlik kompyuter olamida eng ko'p eslanadigan insonlardan hisoblanishadi.
Design Patternlar oilasi. Design pattern tushunchasi dastlab GOF tomonidan qo'llanilgan, aynan GOF ko'p yillik tajribalarga ko'ra design patternlarning ishlatilish holatiga ko'ra 3 hil yirik oilaga bo'lgan. Quyida ushbu ro'yxat berilgan.
Creational. Obyekt yaratilishi jarayonida qo'llanadigan