LSP(Liskov Substitution Principle – Liskovning o'rin almashish prinsipi) Ilk bor Liskov ismli ayol tamonida ilgari surilgan. Aytaylik F classimiz boshqa R classidan meros olinib yaratilgan. LSPning asosiy ma'nosi shuki, biz R classni ishlatish davomida F classidan foydalanishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda ota borishi kerak bo'lgan nahorgi oshga o'g'il borishi mumkin degan ma'noni beradi.
Abstraksiya darajasi(Abstraction) Obyekt bu real jism. Abstraksiya esa ushbu jismni reallikdan uzoq deb tassavur qilib u haqida fikr yuritishga aytiladi. Abstraksiyaga fikrlar to'plami sifatida ham qarasa bo'ladi. Misol sifatida choyxonada o'tirgan chollarning suhbatini olishimiz mumkin. Aytaylik ular AQSH va Rossiya o'rtasidagi munosabatni muhokama qilishmoqda. Putinning ohirgi yillarda qilgan ishlarini gapirayotib, qanday qilingan, qayerda qilingan, nima vositasida qilinganligini umuman e'tiborga olmasdan uning natijalari haqida fikr yuritish sifatida qarasak bo'ladi. Design Patternlarni abstraktlik darajasi yuqoriliga qarab baholanadi.
P2I. (Programming to Interface – Interfeysga tomon dasturlash) Abstraksiyaning asosiy ustuni hisoblanadi. Biror muammoni hal qilinayotganimizda konkret classga emas, uning otasi interface ustida ishlashga urinishga aytiladi. Masalan, savdo markazlarida, odamlarga qulaylik sifatini oshirish ustida ishlanyapti deylik. Bu jarayonda erkak, ayol yoki bolalarga alohida qarab emas, umumiy – odamlar so'zi ishlatiladi. Ya'ni "Odamlarga qulay bo'lsin!!!".
VOD. (Variation Oriented Design – O'zgarishlarga yo'naltirilgan design) Designning ko'p o'zgaradigan qismiga alohida, kam o'zgaradigan qismiga alohida qarab ishlashga aytiladi. Ko'p o'zgaradigan qism enkapsulatsiya qilinadi. Ochiq/Yopiq prinsipiga erishish uchun ushbu jarayon amalga oshiriladi.
DIP. (Dependency Inversion Principle) Yuqorida darajadagi modul pastki darajadagi moduldan taqozo qilmasligiga aytiladi. Yoki, abstraksiya konkret obyektdan taqozo qilmasligi kerak aksincha obyekt asbtraksiyaning qoidalariga amal qilishi lozim.
Keyingi maqolamizda, Observer design patterni haqida so'z yuritamiz.