Obyektlarning juftligi(Coupling) Ikki classning bir-biriga o'zaro bog'lanishi, ya'ni o'zaro mustaqillik darajasiga aytiladi. Obyektlar bir-biridan qancha taqozo qilsa shuncha yomon. Design Patternlarning asosiy maqsadlaridan biri couplingni kamaytirish hisoblanadi. Yana tight coupling ham deyiladi bu holatda, class boshqa classning ichidagi ma'lumotlardan bohabar bo'ladi. Natijada esa u yoki bu classni o'zgartirish qiyin kechadi. Loose Coupling tushunchasi bu o'zaro bog'lanishlar sonini minimum darajada kamaytirish jarayoniga aytiladi.
Obyektlarning birligi(Cohesion) Birligi deganda o'lchov birligi nazarda tutilmadi. Obyektlarning o'zaro kamchiliklarini to'ldirishiga aytiladi. Ya'ni ular birgalikda huddi bir jismdek mavjud bo'ladi. Yana boshqacha qilib aytaganda obyektlarning axilligi, yoki professorimning sevimli so'zi bo'lgan – obyektlarning garmoniyasi tushuniladi. Misol sifati odamning tana a'zolarini keltirishimiz mumkin. Qo'l, oyoq yoki shu kabu boshqa a'zolarga alohida obyekt sifatida qarashimiz mumkin, lekin ular birgalikda mukammal tizimni tashkil qiladi. Demak, Design Patternlarning vazifalaridan biri yuqori darajadagi Cohesionga erishish.
SRP.(Single Responsibility Prinsiple – Yagona ma'suliyat prinsipi) Bir class yoki metodga faqat bir turdagi vazifani yuklashga aytiladi. Agar g'isht teruvchiga kranni boshqarishniyam topshirasangiz yoki devor qulaydi yoki tom.
O'zinggi o'zing qaytarma prinsipi(Don't Repeat Yourself-DRY) Aynan bir hil vazifa bajaruvchi class yoki metodlar sonining kamligi darajasi. Masalan, avtorizatsiya mantiqi uchun faqat bir dona class yaratish qoidasi. Agar kodning turli qismlarida bir hil vazifali class yoki metodlar paydo bo'lsa uni darrov abstrakt darajaga olib chiqishga xarakat qilinadi.
Ochiq/Yopiq prinsipi(Open/Closed) Misol sifatida USB asboblarni keltirishimiz mumkin. Aytaylik kompyuterimizda WI-FI qurilmasi yo'q. Kompyuterni ochib o'zgaritirish imkoniga ega emasmiz, USB qurilma sotib olib ushbu muammoni hal qilishning esa imkoni bor. Ya'ni kengaytmalarga ochiq, o'zgarishlarga yopiq.