11
ixcham, qulay va arzon kompyuter dasturlari uchun lingvistik taminot
yaratib berish eng dolzarb
vazifa hisoblanadi.
Shuni takidlash lozimki, mazkur vazifalarni amalga oshirishda kompyuter lingvistikasi
o’zbek tilshunosligida shu paytgacha yaratilgan birorta ham ilmiy asarni rad etmaydi. Aksincha, u
A.G’ulomov, M.Asqarova, A.Kononov, F.Kamol, Z.Marufov, N.Mamatov, Sh.Rahmatullaev,
M.Mirtojiev,
Đ.Qo’chqortoev,
A.Sayfullaev,
H.Nematov,
N.Mahmudov,
A.Nurmonov,
R.Sayfullaeva, M.Sodiqova, R.Rasulov, E.Begmatov, Đ.Mirzaev, H.Dadaboev, Ё.Tojiev kabi atoqli
o’zbek olimlarining o’zbek tili leksikasi va grammatikasiga oid yaratgan tadqiqotlariga suyanadi.
Ulardagi ilmiy-nazariy fikrlarga asoslanadi, ulardan oziqlanadi.
Kurs ikki qismdan iborat:
1. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini
ishlab chiqishdir. Matematik lingvistika hal qilishi lozim bo’lgan vazifalar umumiy lingvistikaning
formal va aksiomatik nazariyalarini va aniq tillarning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.
2. Kopyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik
masalalarni echishning
kompyuter dasturlarini ishlab chiqish. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari esa tillarga
o’qitish bilimlarni tekshirish, matnlarni tahrirlash va mashina tarjimasi dasturlarini ishlab
chiqishdan iboratdir.
Bu bilan matematik lingvistikani tili «sof munosabatlar sistemasi» yani insondan abstrakt
sistema sifatidagi tavsifi deb sharhlash mumkin bo’ladi.
Klassik lingvistikada til inson bilan mutanosiblikda,
juftlikda talqin qilinadi, yani klassik
lingvistika insonga zaruriy.
Matematik lingvistika esa tavsiflash jarayonida shaxsning ishtirokiga
o’rin qoldirmaydi, u ko’proq kompyuterga moslashtirilgandir.
Til gramatikasining matematik modeli matematik mantiqning aksiomatik nazariyasiga
asoslanadi. Shuning uchun matematik lingvistika matematik mantiq asoslarini bayon qilishdan
boshlanadi (3-4-maruzalar).
20 asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda «mashina tarjimasi», «mashina tilshunosligi»
atamalari qo’llanila boshlandi. Bu asrning buyuk kashfiyoti bo’lgan kompyuter texnologiyalari
tilshunoslikka ham kirib kelganining isboti edi. Mashina tarjimasi
yoki avtomatik tarjima
deyilganda bir tildagi matnni ikkinchi bir tilga EHM (kompyuter) vositasida, tez vaqt ichida tarjima
qilish nazarda tutiladi
1
. Mashina tarjimasining asoschilari muhandis va matematik olimlar bo’lib,
keyinchalik bu ishda tilshunoslar ham faol qatnasha boshlagan. Shu tariqa mashina tarjimasi
g’oyalari butun dunyoda nazariy va amaliy tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.
Formal grammatika nazariyasi yuzaga kelib, til va uning alohida aspektlari modelini yaratishga
etibor qaratildi. Tilning bu jihatlari matematik lingvistika fanida ishlab chiqilib, bu o’z
navbatida,
kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishi uchun poydevor bo’ldi. Demak, shu asosda
tilshunoslikning yangi yo’nalishi o’lgan kompyuter lingvistikasi va tilshunoslikning bir qator
nazariy va amaliy yo’nalishlari vujudga keldi.
Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni echishning kompyuter
dasturlarini yaratishdir
2
. U tilshunoslikning bo’limi bo’lib, matnga kompyuter yordamida ishlov
berish bilan bog’liq vazifalarni bajaradi
3
. Kompyuter lingvistikasining
asosiy vazifalariga
quyidagilar kiradi:
a) tillarga o’qitish;
b) bilimlarni tekshirish;
v) matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash;
g) mashina tarjimasi uchun mo’ljallangan dasturlarni ishlab chiqish;
d) lug’atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish.
Bular kompyuter lingvistikasining o’ziga xos yo’nalishlari ham hisoblanadi
4
. Xorijda va
Rossiyada kompyuter lingvistikasiga oid amalga oshirilgan tadqiqotlarning ko’lami keng
5
.
O’zbekistonda esa bu soha yetarlicha rivojlangan deb bo’lmaydi, chunki kompyuter tilshunosligi
bo’yicha e’lon qilingan ishlar juda kam
6
. Qilingan ishlar faqat statistik tahlil yo’nalishi
bo’yichadir. O’zbek tili materiallari bo’yicha kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqot olib borgan
olimlar sifatida S.Rizaev
7
va S.Muhamedovlarni
8
alohida ko’rsatish mumkin.
Olimlar asosan
12
statistik tahlil yo’nalishi bo’yicha izlanishlarni amalga oshirganlar. o’zbek tilshunosligidagi
kompyuter lingvistikasining boshqa yo’nalishlari esa o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Shunga ko’ra,
bugungi kunda o’zbek tilshunosligining kompyuter bilan bog’liq holda hal etilishi lozim bo’lgan
quyidagi vazifalarni takidlab ko’rsatish mumkin:
1.O’zbek tilining kompyuter uslubini yaratish.
2.Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik standartlarini ishlab iqish.
3.Đnternet saytlarini yaratish meyorlarini belgilash.
4.Kompyuter izohli va tarjima lug’atlarini yaratish.
5.O’zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyasini ishlab chiqish.
6.Kompyuterda inglizcha-o’zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish.
7.Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish.
Ko’rinadiki, mazkur vazifalarni bajarish uchun tilshunos va kompyuter mutaxassislarining
hamkorligi taqozo etiladi. Mazkur dolzarb vazifalarni hal qilish, yani o’zbek kompyuter
lingvistikasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zMU Kompyuter texnologiyalari
fakultetida 2001 yilning sentyabrida kompyuter lingvistikasi laboratoriyasi tashkil etildi.
Laboratoriyada o’zbek tilining matematik va
kompyuter modellarini yaratish, o’zbek tilidagi
matnlarni tahrir qilish, inglizcha-o’zbekcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha
ilmiy va amaliy-tadqiqiy ishlar olib borilmoqda. Unda lingvistikaga doir masalalar, yani tillarga
o’qitish, bilimlarni baholash,
matnlarni tahrir qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish kabilar
bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning kompyuter bilan hamkorlikdagi vazifalari: badiiy asarni
referatlashtirish, dunyo kutubxonasini yaratish, adabiyot uchun obektiv va universal tahlil dasturini
yaratish, asarlarni tartibga solish, joylashtirish, topishga oid tadqiqotlar ham amalga oshirilmoqda.
Xullas, kafedrada nafaqat kompyuter tilshunosligi, balki kompyuter adabiyotshunosligiga oid
izlanishlar ham olib borilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda laboratoriyada quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy izlanishlar
olib borilmoqda:
1.
O’zbek tilining rasmiy-idoraviy va kompyuter uslublarini ishlab chiqish.
2.
O’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish.
3.
Tabiiy tillarning optimal modeli va ularning nomukammallik meyorini ishlab chiqish.
4.
O’zbek-rus-ingliz tillarining qiyosiy tahlili.
5.
O’zbek kompyuter adabiyotshunosligi asoslarini aniqlash.
6.
O’zbek tilidagi Đnternet sahifalarini (site) yaratish asoslarini ishlab chiqish.
7.
«Đnglizcha-o’zbekcha tarjimon» kompyuter dasturini ishlab chiqish.
8.
O’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarini yaratish.
9.
O’zbekcha-ruscha-inglizcha grammatik atamalar lug’atini yaratish.
10.
O’zbek tili fani bo’yicha dasrliklarning (maktab, kollej, litsey va Oo’Yu uchun) elektron
versiyalarini ishlab chiqish.
11.
O’zbek tilidagi “O’indoo’s” operatsion tizimini yaratish.
12.
Đjtimoiy va psixologik omillarni tilga tasirini o’zbek tili
va jamiyati misolida tadqiq
etish.
13.
Đnglizcha-o’zbekcha, o’zbekcha-inglizcha kompyuter lug’atlarini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: