9
oshirilganiga qaramay, keyinchalik bu sohada fundamental tadqiqotlar olib borilmagan. Natijada,
turkiy xalqlarda kompyuter tilshunosligi nisbatan orqada qolgan. Yani turkologiyaga yangi
informatsion kompyuter texnologiyalari tatbiq etilmagan (turk va qozoq tilshunosliklari bundan
mustasno). Bu, albatta, bugungi kun turkologlari oldida turgan eng dolzarb vazifadir. Đshonamizki,
yaqin kunlarda turkiy tillarning qiyosiy, etimologik, umumiy va hususiy jihatlarini tadqiq qilishdan
tashqari ularni o’rgatish, o’rganish jarayonini optimallashtiruvchi yangi kompyuter dasturlari ham
yaratiladi.
Matematik va kompyuter lingvistikasi, Qozog’istonda izchil rivojlangan. Bu erda dastlabki
amalga oshirilgan tadqiqotlar, asosan, statistik yo’nalishga oid bo’lib, keyinchalik qozoq
tilshunoslari mashina tarjimasi, avtomatik tahrir, tillarga o’qitish kabi sohalarda ham keng ko’lamli
ishlarni
vujudga
keltirishdi
1
.
Qozoq
kompyuter
lingvistikasining
shakllanishida
prof.Q.B.Bektaevning xizmati katta deb aytish mumkin. Olim ilmiy faoliyati davomida matematik
va injener lingvistikasiga oid o’nlab asarlarni yaratgan
2
. Bu asarlarda til va nutq birliklarini EHM
yordamida tadqiq etishning har tomonlama muhimligi takidlanib, ularda amaliy ishlar-dastur va
lug’atlar ham aksini topgan. Q.B.Bektaev rahbarligidagi «Lingvostatistika va avtomatlashtirish»
guruhining azolari M.Avezovning «Abay yo’li» romani (4 kitob) tilining chastotali lug’ati so’zligini
kompyuter yordamida 50 soat davomida tuzib chiqqanlar. Mazkur chastotali lug’atda 20000 dan
ziyodroq leksema va 60000 so’z shakli («glossema») mavjud bo’lib, u 466 000 marta qo’llanilgan.
Guruh azolari bu lug’atni tuzish uchun atigi sakkiz oy vaqt sarflaganlar. Vaholanki, shu ish oddiy
qo’l kuchi bilan bajarilganda, mazkur guruh azolari tinimsiz 10 yil, bir tilchi esa kamida 100 yil
ishlagan bo’lar edi. Shu tariqa ushbu ulkan ish qozoq tilshunosligida kompyuter lingvistikasining
rivojlanishiga asos bo’ldi.
o’zbek tili materiallari bo’yicha kompyuter tilshunosligiga oid tadqiqotlar olib borgan olimlar
S.Rizaev va S.Muhamedovlardir. Mazkur olimlar ham asosan kompyuter lingvistikasining statistik
tahlil yo’nalishi bo’yicha ishlarni amalga oshirishgan. S.Muhamedov o’zining R.R.Piotrovskiy
bilan hammualliflikda yozgan «Đnjenernaya lingvistika i opo’t sistemno-statisticheskogo
issledovaniya uzbekskix tekstov» nomli kitobida lingvistik modellar, modellashtirish va uning
umumiy tamoyillari haqida fikr yuritib, o’zbekcha matnlarning kvantitotiv modellarini keltiradi
1
.
Mualliflar, shuningdek, mazkur asarda turk gazeta matnlarining leksik-morfologik mashina
tarjimasini ham berganlar (ishning oldingi sahifalarida qayd etilgan A.Babanarovning tadqiqotlariga
munosabat sifatida)
2
. Mazkur asarda suniy intellekt yaratish va injener lingvistikasi metodlari bilan
o’zbekcha nutqni avtomatik qayta ishlash jarayonida foydalanish uchun zaururiy bo’lgan
o’zbekcha matnlarning leksik – morfologik tuzilishining statistik tahlili natijalari keltirilgan.
Albatta, bunday yirik, jiddiy ilmiy asarni yaratishda S.Muhamedov bu sohadagi o’z izlanishlariga
Êûðèíàäèêè, áó ñîùàäà òóðêèé òèëëàð áûéè÷à îëèá áîðèëãàí òàä=è=îòëàð àñîñàí ñûç øàêëèíè
ìîäåëëàøòèðèø (ÿúíè ôîðìàë ìîðôîëîãèÿ), =èñìàí ñòàòèñòèêà âà ìàøèíà òàðæèìàñè áûéè÷àäèð
.
Dostları ilə paylaş: