Klaviatura Asosiy qurilmalar Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo’llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko’magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugma yoki tugmalar birikmasining bosilishi aynan mos ikkilik kodining kiritilishiga olib keladi. Bunga sabab shriftlovchi nomli mikrosxema ma’lum tugma bosilishida hosil bo’luvchi signalni ikkilik kodiga aylantirib beradi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 102 ta klavish bo’ladi. Oldingi turlarida 86 ta bo’lgan. Vazifasiga ko’ra klaviaturadagi klavishlar 6 guruhga bo’linadi. Ular 1) funksional 2) alifbo-raqamli 3) yo’nalishli 4) raqamlar paneli 5) maxsuslashtirilgan 6) modifikatorlar Asosiy qurilmalar Sichqoncha Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab yurg’izilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish mumkin. Birinchi sichqonchali kompyuter ― Xerox 8010 Star Information System mini-kompyuteri 1981-yilda ishlab chiqarilgan. Printer Skaner Modem CD/DVD diskovod Flesh xotira Qo’shimcha qurilmalar Adapterlar va boshqalar Qo’shimcha qurilmalar Printer Printer (ingl. Printer – chop qiluvchi) ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma, purkovchi va lazerli. Bosma printer ignalar yordamida, purkovchisi naycha yordamida, lazerli printer esa maxsus baraban yordamida chop qiladi. Purkovchi hamda lazerli printerlar yordamida rangli ma’lumotlarni chop etish mumkin. Birinchi uyali printerlar 1985-yilda ishlab chiqarilgan. Qo’shimcha qurilmalar Skaner (ingl. scanner - o’qib oluvchi) ma’lumotlarni nurli lampa yordamida rasmli ko’rinishda kompyuter xotirasiga o’qib oluvchi qurilma. Skanerlarning asosan ikki turi mavjud: stol usti skanerlari va qo’l skanerlari. Hewlard Packard, Epson, Canon firmalarining skanerlari dunyoga mashhur.