Kompyuter savodxonligi



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə47/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

7.3. MS Word matn muharririda matnni tahrir qilish.
Matnni tahrir qilish farmoyishlari Bosh menyuning Pravka (Tahrir)
bo‘limida joylashgan. Ular yordamida oxirgi farmoyish(lar)ni bekor qilish, matn
bo‘lagini o‘chirib tashlash, kesib olish yoki undan nusxa olish, kesib yoki nusxa
sifatida olingan bo‘lakni yangi joyga joylash, Ofis buferi yordamida boshqa
dasturlar bilan ma’lumot almashish, qidirib topish, almashtirish kabi amallarni
bajarish mumkin. Bu amallar tez-tez bajariladi va shu sababli ularning
ko‘pchiligi uskunalarlar panelidan ham o‘rin olgan va qo‘shtugmalar orqali
bajarilishi mumkin.
Matnni ajratib olgach, Delete tugmasini bosib uni o‘chirish, yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri uning o‘rniga yangi matnni kiritishni boshlash mumkin. Matn bo‘lagini yangi
joyga ko‘chirish uchun uni ajratib olamiz

,





Ctrl


+


C





Ctrl+Insert tugmalari yordamida ulardan
nusxa olamiz, yangi joyga o‘tib, Shift+Insert tugmalari yordamida matnga kiritamiz.
Bunda yuqoridagi qo‘shtugmalar o‘rniga va Ctrl+V tugmalaridan foydalanish
ham mumkin.
Oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish uchun Ctrl+Z qo‘shtugmasini bosish
kerak. Oxirgi bir necha amalni bekor qilish uchun zarur marta Ctrl+Z qo‘shtugmasi
bosiladi. Ctrl+Y qo‘shtugmasi esa bekor qilishni bekor qiladi. Bunda ma’lum bir
amalni bekor qilish uchun undan keyingi barcha amallarni ham bekor qilishga to‘g‘ri
keladi. Yangi amal bajarilishi bilan bekor qilingan amalni qayta tiklab
bo‘lmaydi.
Topish, almashtirish va o‘tish amallari bir-biriga o‘xshab ketadi va ular
bitta muloqot oynasining turli jildlari orqali amalga oshiriladi. Biror so‘zni
boshqasi bilan almashtirish uchun qidirilayotgan so‘z birinchi satrga,
almashtiriladigan so‘z ikkinchi satrga yoziladi va pastdagi tugmalardan keraklisi
tanlanadi. Ulardan birinchisi bu amalning imkoniyatlarini kengaytirib, qo‘shimcha
talabni tanlash imkoniyatini yaratadi. Ikkinchisi birinchi marta topilgan so‘zni
almashtirish uchun, uchinchisi barcha topilganlarni almashtirish uchun, to‘rtinchisi
Bekor qilingan farmoyishlarni qayta bajarish.
Ajratilgan matn bo‘lagini kesib olish.
Ajratilgan matn bo‘lagidan nusxa olish.
Boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish.
Almashish buferidagi ma’lumotni joylash.
Ma’lumotni zarur ko‘rinishda joylash.
Murojaat ko‘rinishida joylash.
O‘chirilgan matnlarni butunlay yo‘q qilish.
Oxirgi farmoyish(lar)ni bekor qilish.
Matnni to‘liq ajratish.
Matn bo‘lagini qidirish.
Matn bo‘lagini topish va almashtirish.
Kerakli joyga o‘tish.
77
qidirilayotgan so‘zni topish uchun, beshinchisi topish amalini tugatish uchun xizmat
qiladi.

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin