Mashqlar
1.
a) Kalkulyator dasturi uchun ish stolida yorliq yarating;
b) bu yorliqni ish stolining o‘ng yuqori burchagiga o‘tkazing;
v) bu yorliqning ikkinchi nusxasini yarating va uni ish stolining o‘ng past
burchagiga joylashtiring;
g) ikkinchi yorliqni o‘chiring;
d) Kalkulyator yorlig‘ini masalalar satriga olib o‘ting;
ye) Kalkulyator yorlig‘ini Pusk (Boshla) menyusining tez ishga tushiriladigan
dasturlar ro‘yxatiga olib o‘ting;
j) Oxirgi ikki joydan yorliqni o‘chiring.
2.
a) Paint dasturini ishga tushiring;
b) uning oynasini butun ekrangacha kattalashtiring;
v) so‘ng avvalgi holatiga keltirib, ekranning chap yuqori burchagiga sudrab
o‘ting;
g) dastur oynasini avval gorizontal, so‘ng vertikal yo‘nalishda
kattalashtiring;
d) dastur oynasini yashiring;
ye) dastur oynasini ekranga chaqiring va dastur bilan ishlashni tugating.
3.
a) Kompyuterning s: diskida abc va abd kataloglarini yarating;
b) abc katalogida aaa katalogini yarating va uni abd katalogiga o‘tkazing;
v) abd katalogidagi aaa katalogni bbb deb qayta nomlang;
g) abs va abd kataloglarini o‘chiring.
25
3. KOMPYuTER GRAFIKASI.
3.1. Rastrli grafika tushunchasi.
Shaxsiy kompyuter va uning dasturiy ta’minoti
rivojlanishi va takomillashtirilishi shunga olib keldiki,
kompyuter yordamida oldinlari bajarilmagan vazifa va ishlar
amalga oshirilishi mumkin bo‘ldi. Shular qatoridan kompyuter yordamida
tasvirlarni yaratish va ularga ishlov berish, ya’ni kompyuter grafikasi tushunchasi
vujudga keldi. Albatta bundan oldin ham kompyuter grafikasi mavjud bo‘lgan,
lekin u asosan dasturlash tillari yordamida yaratiladigan geometrik figura
(shakllar) va tasvirlar bo‘lgan.
Kompyuter grafikasi grafik interfeysga ega bo‘lgan operatsion tizimlar va
dasturlar ishlab chiqarilganidan keyin keng tatbiq etila boshlandi. Kompyuter
grafikasining ikkita yo‘nalishi: rastrli va vektorli turlari bilan tanishib
chiqamiz.
Rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta – piksellardan tashkil topgan
bo‘ladi. Har bir piksel alohida rangga ega bo‘ladi. Ular majmuasi esa yaxlit
tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga ega
bo‘ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, tasvir shunchalik yuqori
sifatli bo‘ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi DPI (Dot Per Inch – dyuymdagi
nuqtalar soni) deyiladi, ya’ni bir dyuymda (1 dyuym=2,54 sm) nechta nuqta
joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro‘znomalarda mazkur ko‘rsatkich
odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va kompozitsiyalarda 600-
1200 dpi ni tashkil etadi. Ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun esa 72 dpi sifat
ko‘rsatkichi yetarli hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mazkur ko‘rsatkichni
belgilash yoki tanlashda ratsional yondashuvdan kelib chiqish kerak, chunki har bir
nuqta xotirada bir bit (agar tasvir oq-qora bo‘lsa) joy egallaydi va ular tasvirda
ko‘payganida tasvirning xotirada egallaydigan hajmi ancha katta bo‘ladi. Masalan,
300 dpi sifatga ega bo‘lgan 2”x3,5” (5x9 sm2) o‘lchamdagi tasvir taxminan 630 000
bitni tashkil etadi. Agar tasvir o‘lchamlari katta bo‘lsa, hajmi nihoyatda katta
bo‘lishi aniq. Tasvir hajmining katta bo‘lishi qattiq diskda ko‘proq joy egallashi
va kompyuter tomonidan sekin qayta ishlanishiga olib keladi.
Rastrli kompyuter grafikasida ranglar tizimiga katta e’tibor qaratish
kerak. Grafikada asosan RGB (Red, Green, Blue) va CMYK (Cyan, Magenta, Yellow,
blacK) rang tizimlari qo‘llaniladi. RGB rang tizimi ekranda tasvirlanadigan
rasmlar uchun (masalan veb-sahifada), CMYK rang tizimi asosan chop etiladigan
tasvirlar uchun foydalaniladi.
26
Rastrli grafika bilan ishlash dasturlari bir nechta vazifalarni bajarish
imkonini beradi:
• Tasvirni import qilish – skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish,
boshqa formatdagi rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif, psd, pdf, wmf va
boshqalar);
• Tasvirni tahrirlash – o‘zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo‘yash,
chizish, o‘chirish, yorqinlik va aniqlik darajasini o‘zgartirish;
• Rang tizimini o‘zgartirish;
• Chop etish;
• Boshqa nom va kengaytma bilan saqlash;
• Har xil effektlarni qo‘llash.
Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari
mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windowsoperatsion tizimi
tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish
imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish
uchun maxsus rastrli grafik dasturlardan foydalanish kerak bo‘ladi: Adobe
Photoshop, Corel PhotoPaint, Macromedia Flash va hokazo.