Kompyuter savodxonligi


Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko‘chirish, o‘chirish



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə23/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

4.3. Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko‘chirish, o‘chirish.
Oxirgi yillarda oddiy disketa va kompakt disklar
o‘rniga ma’lumot saqlash va ko‘chirish uchun yangi vosita – Flash
xotiradan
keng foydalanib kelinmoqda. Uning dastlabki
hajmi 8 yoki 16 Mb ni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi paytda 128
Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb, 8 Gb va undan yuqori hajmga ega bo‘lgan
turlari ishlab chiqarildi.
Flash-xotira – bu energiya talab qilmaydigan, qayta yoziladigan yarim
o‘tkazgichli xotira. Flash-xotira quyidagi
afzalliklarga ega:
• Energiya manbaiga bog‘langan emas –
ma’lumotni saqlash uchun energiya talab qilmaydi
(faqat o‘qish yoki yozishda ishlatiladi);
• qayta yozish – ma’lumotlarni o‘chirib, qayta
yozish mumkin;
• yarim o‘tkazgich – mexanik harakatlanuvchi
qismlari yo‘q, integral mikrosxema asosida
qurilgan;
• HDD, CD, DVD larga nisbatan ishlayotgan
paytida 10-20 marta kam elektr energiya iste’mol
qiladi;
olib yurish uchun juda qulay;
• hajmi yetarli darajada katta.
Flash-xotiradan foydalanish uchun kompyuterda USB porti mavjud bo‘lishi
kerak. Bundan tashqari, USB bog‘lamiga ulangan qurilmalarni to‘g‘ri aniqlaydigan
operatsion tizim ham bo‘lishi kerak: Windows ME, Windows 2000, Windows XP.
Flash-xotirani ochish uchun quyidagilarni bajaring:
• Sistema blokining orqasida
bo‘sh USB portini toping va unga
Flash-xotirani kiriting.
• Natijada Flash-xotira
korpusida mavjud indikator yonadi
va operatsion sistema uni aniqlashni
boshlaydi.
• Agar Flash-xotiraga ma’lumot yozilgan bo‘lsa, xuddi CD/DVD disklarni
ochgandek, operatsion tizim uning mazmunini aniqlashga kirishadi.
• Agar Flash-xotira ishlash tezligi USB 2.0 standartida bo‘lib, u USB 1.1
standartidagi portga ulangan bo‘lsa, Windows operatsion tizimi tegishli
ma’lumotni chiqaradi.
• USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini
ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko‘rsatkich 480 Mbit/sek ga teng bo‘ladi, ya’ni 40
baravar katta.
Flash-xotiradan kompyuterga ma’lumot yozish uchun:
• kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o‘ng tugmasini bosish
kerak;
39
• hosil bo‘lgan kontekst menyudan
Kopirovat (Nusxa olish) farmoyishini tanlash
kerak;
• ma’lumot yozilishi kerak bo‘lgan
katalog yoki diskni ochib, sichqonning o‘ng
tugmasini bosish kerak;
• hosil bo‘lgan kontekst menyudan
Vstavit (Joylash) buyrug‘ini tanlash kerak.
Kompyuterdan Flash-xotiraga ma’lumot yozish uchun:
• kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o‘ng tugmasini bosish
kerak;
• hosil bo‘lgan kontekst menyudan Otpravit (Jo‘natish) buyrug‘ini tanlash
kerak;
• Menyudan S’emnыy disk (Ajraladigan disk)ni tanlash kerak;
• Natijada ko‘rsatilgan ma’lumot Flash-xotiraga yoziladi.
• Flash-xotiradan foydalanish davomida unga USB bog‘lami orqali 5 Volt
elektr energiya uzatiladi. Uning ishlayotganligi yoki ishlamayotganligini undagi
indikator bo‘yicha tekshirish mumkin bo‘ladi. Agarda chiroq (indikator) yongan
bo‘lsa, demak Flash-xotira ishlayapti. Agarda Flash-xotiraga elektr ta’minot
uzatilayotganida uni USb portidan chiqarsak, u ishdan chiqishi ehtimoli mavjud.
Flash-xotirani kompyuterdan bexavotir ajratib olish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
• Windows ish stolining o‘ng pastki qismida indikatorga sichqon
ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmani qo‘sh cherting.
• Natijada qurilmani xavfsiz chiqarish muloqot oynasi hosil bo‘ladi:
• Mazkur oynada Ostanovit (Ajratish) tugmasini bosib, yangi oynada
qurilmani ko‘rsatib, OK tugmasini bosish kerak.
40
• Bundan keyin Windows operatsion tizimi tegishli ma’lumot beradi:
• Buning natijasida Flash-xotiraga uzatilayotgan elektr energiya o‘chiriladi
va ungi xavfsiz USB portidan chiqarish mumkin.
Flash-xotira qurilmalarini bir nechta firmalar ishlab chiqaradilar.
Ulardan keng tarqalganlari: Kingston, PQI, LG, GenX, SanDisk, TwinMos va
boshqalar.
41

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin