Kompyuter savodxonligi



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə5/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Matritsali printerlarda chop etilgan matnning sifati juda past, faqat
bitta rangda chop etadi va hozirgi kunda banklarda saqlanib qolgan.
Siyohli printerlarda tasvir qog‘ozga siyoh purkash yo‘li bilan tushiriladi.
Ularda rangli tasvir va matnlar chop etiladi, odatda ancha arzon bo‘lishiga qaramay,
sekin chop etadi, chop etilgan varaqning tannarxi ancha yuqori, maxsus qog‘oz
ishlatilmaganda tasvirning sifati pasayib ketadi.
Lazerli printerlarda magnitlana oladigan maxsus kukunni qog‘ozga sepish va
uni kuydirish orqali matn va tasvir chop etiladi. Narxi nisbatan yuqori bo‘lishiga
qaramay, chop etish tezligi yuqori, har bir chop etilgan varaq tannarxi arzonligi,
bitta kartridj yordamida minglab varaq ma’lumotlarni chop etish imkoni borligi
sababli keng tarqalgan.
Skanerlar tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Uning
yordamida matnlarni ham kiritish mumkin. Buning uchun avval matn rasm
ko‘rinishida kompyuterga kiritiladi va timsollarni tiklovchi maxsus dasturlar
yordamida matn ko‘rinishiga o‘tkaziladi.
Sistemali blok ichida kompyuterning elektr ta’minoti bloki, asosiy plata,
unga o‘rnatiladigan markaziy protsessor, ma’lumot va dasturlarni vaqtincha va uzoq
muddatga saqlash uchun tezkor xotira va «vinchester» rusumida diskli xotira,
asosiy plata yoki kengaytirish uyalariga o‘rnatiladigan monitorni ulash uchun
xizmat qiladigan videokarta, ovoz kuchaytirgichni yoki telefonli quloqchin
(naushnik)ni ulash uchun ovoz kartasi, telefon tarmog‘i orqali internetga ulanish
uchun modem, mahalliy kompyuter tarmog‘i (LAN)ga ulanish kartasi hamda disketa
va kompakt disklardan ma’lumotlarni o‘qish uchun disk yuritkichlari joylashgan
bo‘ladi.
Kompyuterning rusumini unga o‘rnatilgan markaziy protsessor belgilab
beradi. IBM PC rusumidagi shaxsiy kompyuterlarda asosan ikkita kompaniya: Intel
va AMD firmalarining markaziy protsessorlari o‘rnatiladi. Intel firmasining
protsessorlari juda keng tarqalgan bo‘lib, buning sabablaridan biri shuki,
dastlabki shaxsiy kompyuterlar IBM PC AT va IBM PC XT larda Intel firmasining
8086 va 8088 protsessorlari o‘rnatilgan edi va barcha yangi protsessorlar shu firma
tomonidan yaratib kelingan. So‘nggi paytda ahvol keskin o‘zgardi, birinchi 64
razryadli (xonali) protsessor AMD firmasi tomonidan ishlab chiqildi va bu
firmaning protsessorlari Intel firmasining protsessorlaridan birmuncha (50%
gacha) arzon bo‘lishiga qaramay, hisoblash tezligida ulardan ustun turadi. Lekin bu
protsessorlarda ko‘proq issiqlik ajralib chiqishi sababli ularni sovutish uchun
10
ko‘proq xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, AMD firmasining
protsessorlari keng tarqalmaganligi sababli ularning asosiy platalari Intel
firmasining protsessorlariga mo‘ljallangan asosiy platalardan ko‘ra qimmatroq.
Shunga qaramay, arzon kompyuterlar bozorida AMD firmasining ulushi to‘xtovsiz
o‘sib bormoqda.
Intel firmasining eng mashhur protsessorlaridan biri Pentium
protsessorlari bo‘lib, ular shu qadar mashhur bo‘lib ketdilarki, firma o‘zining
keyingi bir necha protsessorlarini ham Pentium deb atadi: Pentium, Pentium II,
Pentium III, Pentium IV. AMD firmasi bilan bo‘lgan raqobat natijasida Pentium
protsessorlarining obro‘siga putur yetdi va Intel firmasi Pentium V savdo belgisi
bilan protsessorlar sotuvga chiqmasligini e’lon qildi. Pentium
protsessorlarining o‘rnini Intel firmasining ko‘pyadroli Itanium, Xeon, Core Duo va
Core II Duo protsessorlarining yengillashtirilgan (arzonlashtirilgan) variantlari
egallamoqda.
Protsessorlarning asosiy parametrlari quyidagilardir: ularning
tezliklari (4000 MegaGers=4 GigaGersgacha), xona (razryad)larining soni 32 yoki 64,
protsessor ichiga joylashtirilgan o‘ta tezkor kesh xotiraning hajmi 128–4096
kilobayt. Bulardan tashqari, protsessorlar ular o‘rnatiladigan uyaning raqami
bilan ham farqlanadilar va protsessorni uyasining raqami mos keladigan asosiy
platagagina o‘rnatish mumkin.
Kompyuterda biror dastur ishga tushirilishidan oldin u tashqi xotira
qurilmalaridan tezkor xotira deb ataluvchi xotiraga yuklab olinadi va shu sababli
kompyuterning protsessori har doim tezkor xotiraga murojaat qilib ishlaydi.
Tezkor xotira butunlay elektron elementlar asosida qurilgan bo‘lib, tezkor
xotiraning tezligi tashqi xotiraning tezligidan bir necha o‘n barobar ortiq va
kompyuterning ma’lumotlarni tez qayta ishlashiga imkon yaratadi.
Tezkor xotira hajmi Megabaytlarda (Mb) o‘lchanadi. 1 Mb=1024 kb
(kilobayt), 1 kb=1024 b (bayt) bo‘lib, 1 bayt ixtiyoriy timsolni yoki 0 dan 255 gacha
bo‘lgan butun sonni saqlash uchun yetarli xotira. Xotiraning eng kichik bo‘lagi bit
deb ataladi, 1 bit xotirada «ha» yoki «yo‘q» deya javob berish mumkin bo‘lgan savol
javobini saqlash mumkin. 1 bayt esa 8 bitdan iborat. Tezkor xotiraning miqdori
yetarli bo‘lmasa, kompyuter tez-tez kompyuterning tashqi xotirasiga murojaat
qilishi kerak bo‘ladi va bu ish sur’atini keskin pasaytirib yuboradi. Windows XP
hajmi 128 Mb bo‘lgan tezkor xotira bilan ham ishlaydi. Lekin kompyuterga
kamida 256 Mb, yaxshisi 512 Mb xotira o‘rnatish tavsiya qilinadi.
Kompyuter o‘chirilganda uning tezkor xotirasidagi barcha ma’lumotlar ham
o‘chib ketadi. Shu sababli keyin ham kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni tashqi
xotiralarning birida, odatda vinchester rusumidagi qattiq diskda saqlab qo‘yish
kerak. Vinchesterlarning hajmi tezkor xotiraning hajmidan bir necha yuz marta
katta bo‘lib, hozirgi kunda hajmi 1024 Gigabayt (1 Terabayt)gacha bo‘lgan
vinchesterlar sotuvga chiqarilgan.
Vinchesterlar kompyuterning ichida joylashgan bo‘lib, kompyuterlar o‘zaro
ma’lumot almashishlari uchun mahalliy yoki internet tarmoqlari orqali
birlashtiriladi. Tarmoqqa ulanmagan kompyuterlardan ma’lumot olish yoki yozish
uchun ular disketa, kompakt disk (CD) va DVD yuritkichlari bilan jihozlanadilar.
11

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin