Internet Explorer dasturida veb-sahifalarni saqlash va chop etish.
IE dasturida nafaqat veb-sahifani ochish, balki kerak bo‘lgan veb-sahifadagi
ma’lumotlarni kompyuterdagi disklarning biriga saqlash mumkin. Ma’lumotni
biz ikki xil usulda kompyuterda saqlashimiz mumkin:
veb-sahifadagi ma’lumotlarni qisman saqlash;
veb-sahifani butunlay, alohida fayl shaklida saqlash.
Birinchi usulni amalda bajarish uchun quyidagilardan birini amalga
oshiramiz:
Kerak bo‘lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqonning o‘ng
tugmasini chertamiz va hosil bo‘lgan kontekst menyudan Kopirovat (nusxa
ko‘chirish) farmoyishini tanlaymiz va manzil bo‘luvchi katalogga kirib, sichqonning
o‘ng tugmasini bosganimizda hosil bo‘ladigan kontekst menyudan Vstavit
(joylash) farmoyishini tanlaymiz.
Kerak bo‘lgan matn va (yoki) rasmni tanlab (ajratib), sichqon yordamida Pravka
(Tahrir) menyusiga kiramiz va menyudan kopirovat (Nusxa olish) buyrug‘ini
Uskunalar paneli Menyu satri Dastur va veb-sahifa nomi
Holat satri Veb-sahifa mazmuni
126
tanlaymiz va manzil bo‘luvchi katalogga kirib, Pravka (tahrir) menyusidan
vstavit (joylash) farmoyishini tanlaymiz.
Ikkinchi uslubni amalda bajarish uchun biror bir veb-sahifani to‘liq ochib
quyidagini bajarmoq lozim:
Fayl menyusiga kiring;
U yerdan Soxranit kak... (...kabi saqlash) buyrug‘ini tanlang;
Hosil bo‘lgan muloqot oynasida fayl nomini va manzilni ko‘rsating va
Soxranit (Saqlash) tugmasini bosing.
Bundan keyin biz off-line (Internetga ulanmagan holda) rejimida ham
saqlangan veb-sahifani ochish va boshqa bir qator amallarni bajarishimiz mumkin.
Saqlangan veb-sahifa fayli htm yoki html kengaytmasiga ega bo‘lib, uni nafaqat
Internet Explorer dasturida, balki MS Office tarkibiga kiruvchi Word, Excel kabi
dasturlarda ham ochish mumkin.