HTTP gipermatn uzatish protokoli.
HTTP (Hypertext Transfer Protocol) – gipermatnlarni uzatish protokoli –
tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning
asosiy vazifasi giperbog‘lanishdan hosil bo‘lgan URL manzilli elektron
hujjatlarni o‘qishga oid so‘rov (zapros)ni serverga jo‘natish (xuddi shu vaqtda
so‘ralayotgan hujjat joylashgan server bilan aloqa o‘rnatiladi) va so‘ralayotgan
hujjat olib bo‘lingandan so‘ng server bilan aloqani uzishdan iborat.
Web hujjatlar.
HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat, Web
hujjat yoki Web-sahifa deb atalishi mumkin.
Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u holda hujjat HTML
hujjat deb ataladi va gap ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki
tarqatish haqida borsa, u holda bu hujjat Web hujjat deb ataladi. Bordi-yu,
ushbu hujjatdan foydalanish haqida so‘z borsa, u holda bunday elektron hujjat
Web-sahifa deb ataladi.
Web uzel yoki saytlar.
Bitta muallif yoki tashkilotga tegishli bo‘lgan bir guruh o‘zaro
giperbog‘lanishlar bilan birlashtirilgan Web cahifalar majmuasi Web uzel
(tugun) yoki sayt deb ataladi.
117
Web server.
Web server tushunchasini ikki xil ma’noda ishlatish mumkin. Agap WWW
xizmatini ko‘rsatish haqida gap borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga
Web-sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur
ma’nosini anglatadi.
Agar so‘z internetning texnik ta’minoti haqida borsa, u holda Web server
Web resurslari saqlanayotgan va uning dasturiy ta’minoti ishlab turgan
kompyuter ma’nosini anglatadi.
Internet tarmog‘ining ixtiyoriy bir kompyuterida bir nechta server
dasturlar ishlab turishi mumkin. Masalan, Web server dasturi, FTP servis
elektron pochta serveri dasturiy ta’minotlari va hokazo.
Bitta Web serverda (kompyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning
Web saytlari (uzellari), Web-sahifalari joylashishi mumkin.