Kompyuter savodxonligi



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə67/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

Internet va intranet.
Internet – bu avvaldan qabul qilingan kelishuvlar asosida faoliyat
ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi «tarmoqlararo»
degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal), mintaqaviy va global kompyuter
tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot
maydoniga ega bo‘lgan virtual (xayoliy, faqat kompyuter xotirasida mavjud
bo‘lgan) to‘plamdan tashkil topadi.
Internet unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar
almashish imkoniyatini yaratib beradi. O‘zining kompyuteri orqali internetning
hap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan,
Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqishi, Amir Temur
muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan eksponatlar bilan tanishishi, xalqaro
anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto
boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o‘ynashi
mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu
kashfiyot tufayli butun jahon bo‘ylab yoyilib ketgan yuz millionlab
kompyuterlarni yagona axborot muhitiga biriktirish imkoniyati tug‘ildi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, internet, birinchi
navbatda, tarmoq mijozlariga o‘zaro ma’lumotlar almashish, virtual muloqot
qilish imkonini yaratib beruvchi axborot magistrali vazifasini o‘taydi,
ikkinchidan esa unda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar
omborini tashkil etadi. Bundan tashqari, internet bugungi kunda dunyo bozorini
o‘rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning muhim
vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o‘zini o‘zi shakllantiruvchi va
boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil
topgandir:
texnik;
114
dasturiy;
axborot.
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi kompyuterlar, aloqa
kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari)
hamda tarmoq texnik vositalaridan tashkil topgan. Internetning ushbu texnik
vositalari doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ulardan
ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog‘ining umumiy
faoliyatiga aslo ta’sir etmaydi.
Internetning dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan
xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona
tilda) muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish
darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda
axborot xavfsizligini ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi
dasturlar majmuasidan iboratdir.
Internetning axborot tarkibiy qismi Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan
turli elektron hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va hokazo
ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Ushbu tarkibiy qismning
muhim xususiyatlaridan biri shuki, u butun tarmoq bo‘ylab taqsimlanishi mumkin.
Masalan, kompyuteringizda o‘qiyotgan elektron darsligingizning matni bir
manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa
uchinchi manbadan olinishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni
o‘zaro moslashuvchan "giper-bog‘lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi
ko‘rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o‘zaro borlangan
elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo‘ladi.
IP va URL manzillari tushunchasi.
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan axborot tarkibi
o‘zaro o‘xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko‘plikka" usulda
tashkil etilgan ob’ektlar bog‘lanishiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik
nuqtai nazardan internetda mavjud bo‘lgan ixtiyoriy kompyuter ko‘plab
(millionlab) kompyuterlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Bunday bog‘lanish tarmoq
(Net) deb ataladi. Axborot nuqtai nazaridan internetda e’lon qilingan har bir
elektron hujjat tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bo‘lishi
mumkin. Bu holdagi axborot bog‘lanishi to‘r (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, tarmoq (Net) haqida so‘z yuritilganda o‘zaro bog‘langan
kompyuterlar majmuasi tushunilsa, to‘r (Web) haqida so‘z yuritilganda esa yagona
axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Amaliyotda internetning real, fizik bog‘lanishlar orqali tashkil topgan
tarmog‘idagi kompyuterlar bilan virtual axborot fazosini tashkil etuvchi
elektron hujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalanadi. Internet
tarkibiga kirgan har bir kompyuter to‘rt qismdan tashkil topgan o‘z manziliga ega,
masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) – manzil deb ataladi.
Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o‘zgarmas IP-manzilga ega bo‘ladi. Agar
kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan
bo‘lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-manzilga ega bo‘ladi. Bunday IPmanzil dinamik IP-manzil deb ataladi.
115
Tarmoqda mavjud bo‘lgan ixtiyoriy kompyuter IR-manzilini bilgan holda
unga har xil ko‘rinishdagi so‘rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Bu
so‘rovlar o‘sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma’lumotlar bazasi
yoki bo‘lmasa undagi biror bir dasturni ishlatishga, o‘sha kompyuter tarkibiga
kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo‘lishi mumkin va
hokazo.
Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har
biri kompyuterlarning IR-manzillaridan boshqa o‘zlarining takrorlanmas, unikal
manzillariga ega. Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) – manzil deb ataladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining pacmiy axborotlari, Oliy
majlis qarorlari haqida ma’lumot beruvchi elektron sahifa manzili www.gov.uz.
Agar Internet tarmog‘ida biror bir hujjat e’lon qilingan bo‘lsa, u yagona
takrorlanmas URL manzilga ega. Kompyuterda bir nom bilan diskning bir joyida
ikkita fayl mavjud bo‘lmaganidek, internetda ham ikki elektron hujjat bir xil
URL-manzilga ega bo‘la olmaydi.

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin