6-topshiriq.
1) Excel ni ishga tushiring. Unga biror jadvalni yuklang, uni yangi nom bilan
saqlang. Uning birinchi varag‘ini chop eting. Excel da ishlashni tugatib, undan
chiqing.
2) Excel ni ishga tushiring. 5-, 6-, 7-, 8- va 9-sinf o‘quvchilari sonini ustun
ko‘rinishida kiriting. O‘quvchilarning umumiy sonini toping. Jadvalni saqlab
qo‘ying.
3) Excel ni ishga tushiring. y=2x+3 funksiyaning x=1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10 dagi
qiymatlarini topib, jadval ko‘rinishida tasvirlang. Jadvalni saqlab qo‘ying.
4) Excel ni ishga tushiring. 5-, 6-, 7-, 8- va 9-sinf o‘quvchilari sonini ustun
ko‘rinishida kiriting. Ma’lumotlarni diagramma ko‘rinishida tasvirlang.
Jadvalni saqlab qo‘ying.
136
5) Excel ni ishga tushiring. 9-sinf o‘quvchilaridan 5 tasining ismi-sharifi va
informatika fanidan olgan baholarini kiriting. Ro‘yxatni avval alifbo
tartibida, so‘ngra olgan baholari bo‘yicha tartiblab chiqing. Jadvalni saqlab
qo‘ying.
7-topshiriq.
1) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang.
Taqdimotni taqdim eting. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib keting.
2) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang.
Taqdimotning sarlavhasini o‘zgartiring va birinchi sahifasiga matn kiriting.
Taqdimotni yangi nom bilan saqlang. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib
keting.
3) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang.
Taqdimotdagi rasmlardan birini boshqa rasm bilan almashtiring. Taqdimotni
yangi nom bilan saqlab qo‘ying. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib keting.
4) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang.
Taqdimotga yangi sahifa qo‘shib, unga jadval ko‘rinishida ma’lumot kiriting.
Taqdimotni yangi nom bilan saqlab qo‘ying. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan
chiqib keting.
5) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang. Taqdimot
sarlavhasini o‘zgartiring va uni chop eting. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan
chiqib keting.