PAN (Personal Area Network)
• PAN (Personal Area Network) – bu kompyuterlar, telefonlar, planshetlar va shaxsiy PDA kabi
qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan kompyuter tarmog‘idir.
• U ko‘pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo‘lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.
LAN (Local Area Network)
• LAN (Local Area Network) –bir korxona, muassaning bir yoki bir qancha yaqin binolardagi
abonentlarni bog‘laydi.
• Bunday tarmog‘ga ucha katta bo‘lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan
kompyuterlarning birlashuviga mos keladi.
LAN (Local Area Network)
• Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal
tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot
almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
• Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga.
• Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot
almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi va
bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur,
chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega
bo’lishadi.
LAN (Local Area Network)
• Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona
boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika
komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
• Windows da lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulay hisoblanadi.
• Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan
foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
• Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim buladi.
• Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.
• Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash hisoblanadi va lokal tarmoqlar selektsiyalash
orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka tizimga uzatishni ta'minlaydi.
|