5.BIOS dasturiga kirish yo’llari
6.IP va mac addreslarning tarmoqdagi muhim o’rni
7. Ko‘pgina axborotlarni o‘zida jamlagan internet sahifalari yig‘indisi qanday nomlanadi?
8. Tarmoq kabellarining xususiyatlari.
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо‘ladi. Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga о‘tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha.
Kompyuter tarmoqlarining topologiyalari
Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rishimiz mumkin.