№
|
Asosiy tushunchalar
|
An'anaviy dars
|
Interfaol dars
|
1
|
Qo'llanish
darajasi
|
Barcha mavzular bo'yicha ular uchun qulay bo'lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi.
|
Ayrim mavzular bo'yicha interfaol darsning qulay bo'lgan turlari shaklida qo’llaniladi. Boshqa mavzular uchun an'anaviy dars qo’llaniladi
|
2
|
Dars maqsadi
|
Dars bilim, ko'nikma,
malakalarni shakllantirish, mustahkamlash.
|
Dars mavzusi bo'yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o'rgatish.
|
3
|
O’qituvchining vazifalari
va ish
usullari
|
Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat,
topshiriqlar berish.
|
Talabalarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.
|
4
|
Darsga
tayyorgarlikka talablar
|
Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash.
|
Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur
vositalarni tayyorlash.
|
5
|
Talabalar
tayyorgarligiga talablar
|
Oldingi dars bo'yicha
vazifalarni bajarib kelish.
|
Yangi dars mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma'lumotlarni bilish.
|
6
|
Talabaning
vazifalari va
ish usullari
|
O’qituvchini tinglash va
o'zlashtirish, berilgan
topshiriqlarni bajarish.
|
O’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo'yicha mustaqil fikrlash, o'z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga
kelish.
|
7
|
Vaqt
ta?simoti
|
Dars vaqtining ko'p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil
qilishi, topshiriqlarni
tushuntirishi, o'zlashtirishni
nazorat qilishiga
sarflanadi.
|
Dars vaqtining ko'p qismi
talabalarning mustaqil
topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o'z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi.
|
8
|
Darsning
modul va
algoritmi
|
Darsning modul va
algoritmlaridan har bir o’qituvchi o'zi qo'llayotgan metodga muvofiq foydalanadi.
|
Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o'tkaziladi.
|
9
|
Talabalar
ning faollik
darajasi
|
O’qituvchi har tomonlama faol, talabalar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo'yicha faol.
|
O’qituvchi ham, talabalar ham har tomonlama faol. shakllari: o’qituvchi-talaba; talaba-talaba; talaba-kichik
guruh; kichik guruh-kichik guruh; talaba-o’qituvchi; kichik guruh-o’qituvchi; guruh-o’qituvchi.
|
11
|
Kutiladigan
natija
|
Mavzu bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma, malakalarni
o'zlashtirishlari.
|
Mavzu bo'yicha talabalarning o'z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o'rgatish.
|
1. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo'yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu bo'yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta'minlaydigan interfaol yoki an'anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko'zda tutiladi.