Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash
“Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash” mavzusini o`qitishda interfaol metodlardan foydalanish metodikasi
Mundarija:
Kirish…………………………………….……………………………….………3
Asosiy qism
I Bob Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari
1.1 Kompyuter tarmoqlari va ulardan foydalanish texnologiyasi………..…….11
1.2. Tarmoq topologiyalari......................................................................................16
II Bob Interfaol texnologiyalarni qo'llash mahorati
2.1 Hamkorlikda o’qitish g’oyasi, uning o'ziga xos xususiyatlari……………….21
2.2 Ta'limning interfaol metodlari.........................................................................28
Xulosa……………………………………………………………………...…….29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..……30
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o 'rtasida ma'lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo'sh, tarmoqning o'zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta'minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko 'nikmalariga ega bo'lish hozirgi jamiyatning har bir a'zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha flkr yuritiladi, Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan. Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |