Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari



Yüklə 78,22 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü78,22 Kb.
#206222
1   2   3   4   5   6
kompyuter tarmoqlari va ularning turlari

Mintaqaviy tarmoqbiror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Bunday tarmoqqa davlat tashkilotlari, harbiy tashkilotlar va faqat bir davlat yoki shahar ichida ishlovchi tizimlarni misol qilib keltirish mumkin.


Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.

Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.


Intranetbu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tash­kil etuvchi kompyuter tarmog'idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elek­tron hujjatlar va ma'lumotlar omborini giperbog'lanishlar yor­damida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi.
Tarmoqlarga yana Bluetooth, Wi-Fi, Wi-Max kabi vositalar ham kiradi.

Kompyuterdan foydalanish modellari
Har bir shaxs o’z uyida turib katta masofalarda joylashgan ma‘lumotlarni olishi mumkin. Uzoq masofalarda joylashgan ma‘lumotlarni olishi mumkin. Komp‘yuter tarmoqlari har-xil loyihalar bo’yicha tashkil etiladi. Barcha ko’rsatkichlardan quyidagi ikkitasi asosiy hisoblanadi:
1. Axborotlarni uzatish texnologiyasi.
2. Axborotlarni uzatish miqyosi, masshtabi

Hozirgi kunda ikki xil texnologiya qo’llanilmoqda.



  1. Keng ko’lamli axborot uzatish texnologiyasi bu texnologiyaga server tamonidan uzatilgan axborot tarmog’idagi barcha kompyuter tamonidan qabul qilinishi mumkin.

  2. Axborotlarni ikki nuqtali uzatish texnologiyasi (point-to-point) nuqtadan nuqtagacha bu texnologiyada faqat bir juft kompyuter xizmat qiladi.

Axborotlarni uzatish miqyosi bo’yicha kompyuter tarmoqlari bir nechta turlarga bo’linadi.





Yüklə 78,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin