Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig’indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo’linadi.
Tarmoq protokollari Kompyuter qurilmalari tomonidan ishlatiladigan aloqa tillariga tarmoq protokoli deb ataladi. Kompyuter tarmoqlarini tasniflashning yana bir yo'li ular qo'llab-quvvatlaydigan protokollar to'plami. Tarmoqlar ko'pincha har bir maxsus dastur bilan bir nechta protokollarni amalga oshiradilar. Ommabop protokollarga TCP / IP - Internetda va uy tarmoqlarida tez-tez uchraydi.
Kompyuter tarmog'i apparat va dasturiy ta'minot
Tarmoqli routerlar, ulanish nuqtalari va tarmoq kabellari, jumladan, maxsus aloqa vositalari, tarmoqni jismonan birlashtiradi. Tarmoq operatsion tizimlari va boshqa dasturiy ilovalar tarmoq trafigini hosil qiladi va foydalanuvchilarga foydali narsalarni qilish imkonini beradi.
Lokal tarmoqlarbir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birshalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo’lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo’ladi.
Marshrutlashbu –kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash –tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo’yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.