Telekommunikatsiya texnologiyalari
fakulteti 415-21- guruh talabasi
UZOQOV RUSTAM
KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI FANIDAN 2-TOPSHIRIQ MAVZU: ZAMONAVIY PROTSESSORLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI
Ishdan maqsad: Kompyuter protsessori va uning turlari haqida nazariy ma’lumolarga ega bo’lish, protsessorning umumiy tarkibini o‘rganib chiqish, shaxsiy kompyuterda mavjud bo’lgan protsessorlar xarakteristikalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
NOUTBOOK
Acer- Elektronika va Kompyuter texnikalari ishlab chiqaruvchi Tayvan kompaniyasi hisoblanadi.
Acer Aspire E15 – metall hoshiyali klassik noutbuk
Acer Aspire E15 noutbuki klassik dizayn va oddiy ko‘rinishga ega. Kompyuterning samaradorligi o‘rtacha, yaxshi. Narxi esa bir oz qimmat. Keling, batafsilroq tanishamiz.
Tashqi ko‘rinishi
Noutbuk jiddiy dizaynga ega. Korpus plastikdan va ishlab chiqaruvchilar ayrim joylariga metalldan hoshiyalar berishga harakat qilishgan. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarishda iqtisod qilish imkonini bergan. Acer Aspire E15 noutbukining monitori metall hoshiya bilan mustahkamlangan. Bu, albatta, to‘g‘ri yondoshuv.
Acer Aspire E15 noutbuki mukammal klaviaturaga ega. Klaviaturaning tepa qismida “maxsus” vazifalarni bajaruvchi bir qator tugmachalar ham bor. Klaviatura qulay, beshovqin, tugmachalar xuddi Acer`ning qimmatbaho modellaridagi bilan bir xil. Acer Aspire E15 ning narxi Rossiyada 25-26 ming rubl atrofida. Bu – birlamchi jamlanma uchun. Kuchli va ishlab chiqarish quvvati yuqori variantlarining narxi esa 40 mingdan ortiqroqni tashkil etadi, ammo ular dizayni jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. O‘zbekistonda esa 2,3 mln. so‘mga olsa bo‘ladi.
Enter tugmachasi juda ingichka, shu bois anchayin noqulay. To‘g‘rirog‘i, u qalinligi jihatidan boshqa tugmachalar bilan bir xil. Ammo 2000 yillar boshidagi klaviaturalarning katta klavishlariga o‘rganib qolganlarga ma’qul bo‘lmasligi mumkin. Eng katta kamchilik esa – qopqoqning ochilish burchagidir. Ekranni taxminan 160 darajagacha ochish mumkin. 180 darajaga atigi 20 daraja yetmayotgani sizni hayron qoldirmasin. Aslida 20 daraja – bu uchdan bir qismga teng. Ba’zida burchak yetarli bo‘lmaydi, shunda uni yanada kattaroq ochging keladi. Shu o‘rinda yana bir muammo ko‘zga tashlanadi. Halqalar shu qadar harakatchanki, to‘liq yopilishiga taxminan 10 santimetrlar qolganda qopqoq qarsillab yopiladi. Ba’zida noutbuk ishlab turgan holatda ekranni yopib qo‘yging keladi, ammo buning iloji yo‘q. Chunki ekran yopilgach, kompyuter ham “uyqu” holatiga o‘tib qoladi. To‘g‘ri, “uyqu” holatini sozlash mumkin, ammo aynan qopqoqning turmasligi sizga ma’qul kelmasligi mumkin.
Ekran o‘lchami – 15,6 dyuym, 1368 ga 768 piksel imkoniyatiga ega. Matritsa o‘rtacha, ranglari ham o‘rtamiyona. Ammo kartochkasi juda kuchli. Darvoqe, noutbukka disk yozish mumkin bo‘lgan DVD ham o‘rnatilgan. Bu esa menga qo‘p kerak bo‘ladi. Xatto, USB-portlardan ham ko‘proq kerakli. USB-portlar esa usta bo‘lib, ulardan biri 3.0 standartida, ya’ni yuqori tezlikda ishlaydi.