«kompyuter tizimlari» kafedrasi «himoyaga»


MBBT tillari haqida ma’lumot



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix13.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#97510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
offise

MBBT tillari haqida ma’lumot. 
SQL - kompyuter berilganlar bazasida saqlanuvchi ma’lumotlarni qayta 
ishlash va o‘qish uchun muljallangan instrumentdir. SQL – bu strukturlashgan 
so‘rovlar tilining (Structured Query Language) qisqartirilgan nomlanishidir. SQL 
abbreviaturasi odatda “sikvel” deb o‘qiladi. Ba’zi xollarda, “ESKYUEL” talaffuzi 
xam SQL abbreviaturasini o‘qishda ishlatiladi. Nomlanishidan ko‘rinib turibdiki, 
SQL foydalanuvchining berilganlar bazasi bilan o‘zaro aloqasini tashkil etish 
uchun qo‘llaniluvchi dasturlashtirish tilidir. Xaqiqatda esa SQL faqat relyasion deb 
nomlanuvchi bir turdagi berilganlar bazasi bilan ishlaydi. 
Hozirda bu til MBBT foydalanuvchilariga taqdim etayotgan barcha 
funksional imkoniyatlari qo‘llanilmoqda. Bu imkoniyatlar quyidagilardir:
1. Ma’lumotlar strukturasini tuzish. SQL foydalanuvchilarga ma’lumotlar 
strukturasini tuzish, o‘zgartirish xamda berilganlar bazasi elementlari o‘rtasida 
aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi.
2. Ma’lumotlarni o‘qish. SQL foydalanuvchi yoki dasturga berilganlar bazasida 
saqlanuvchi ma’lumotlarni o‘qish va ulardan foydalanish imkonini beradi. 


3. Ma’lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga yoki dasturga berilganlar 
bazasini o‘zgartirish, ya’ni unga yangi ma’lumotlar qo‘shish, mavjud 
ma’lumotlarni o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi. 
4. Berilganlar bazasini ximoyalash. SQL yordamida ma’lumotlar bazasi 
foydalanuvchilarini undagi ma’lumotlarni o‘qish va o‘zgartirish imkoniyatlarini 
chegaralab qo‘yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan foydalanuvchilardan 
axborotlar ximoyalanadi.
5. Ma’lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma’lumotlardan birgalikda 
foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-
birlariga xalaqit bermasdan berilganlar bazasidagi ma’lumotlardan foydalanishlari 
imkonini beradi. 
6. Ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash. SQL berilganlar bazasini yaxlitligini 
ta’minlashga imkon beradi va unda noo‘rin o‘zgartirishlar qilishni oldini oladi.
MySQL ni faqat mSQL kamchiliklariga javob sifatida qarash noto‘g‘ridir. 
Uning ixtirochisi Maykl Videnius (+ yana Monty sifatida ma’lum) shved 
kompaniyasi TsX xodimi ma’lumotlar bazasi bilan 1979 yildan beri ishlaydi. 
Yaqin paytgacha Videnius TsX da faqat dasturchi edi. 1979 yilda firma ichida 
foydalanish uchun UNIREG nomli ma’lumotlar bazasini boshqarish vositasini 
yaratdi. 1979 yildan so‘ng UNIREG bir necha tillarda yozildi va katta ma’lumotlar 
bazalarini qo‘llash uchun kengaytirildi. Bitta dastur bajarilayotgan har bir jarayon 
bu dastur nusxasi deyiladi, chunki xuddi o‘zgaruvchi nusxasi kabi xotiradan joy 
oladi. 1994 yilda TsX WWW uchun Amaliy dasturlar yarata boshladi va bu 
loyihani qo‘llashda UNIREG dan foydalandi. Baxtga qarshi, UNIREG katta 
harajatlar talab qilgani uchun, undan veb-sahifalarni dinamik generatsiya qilish 
uchun muvaffaqiyatli foydalanib bo‘lmadi. Va TsX shundan so‘ng SQL va mSQL 
ga murojaat qildi Lekin o‘sha paytda mSQL faqat 1.x relizlari shaklida mavjud edi. 
Yuqorida aytganimizdek mSQL 1.x versiyalari hech qanday indekslarni qo‘llamas 
edi 
va 
shuning 
uchun 
UNIREG 
dan 
unumdorligi 
past 
edi.
Videnius mSQL avtori s Xyuz bilan bog‘landi va mSQL ni UNIREG dagi V+ 
ISAM qayta ishlovchisiga ulash fikri Bilan qiziqtirmoqchi bo‘ldi. Lekin Xyuz shu 
paytga keldib mSQL 2 yaratish yo‘lida anchaga ketgan va indekslar Bilan ishlash 
vositalarini yaratgan edi. TsX o‘z talablariga ko‘proq mos keluvchi ma’lumotlar 
bazalari serverini yaratishga qaror qildi. TsX xodimlari Yangidan velosiped ixtiro 
qilib o‘tirmadilar. Ular UNIREG ni asos qilib oldilar va soni oshib borayotgan 
o‘zga dasturchilar utilitalaridan foydalandilar. O‘z tizimlari uchun boshida mSQL 
uchun yaratilgan API bilan deyarli ustma-ust tushuvchi API yaratdilar. Natijada 
Yangi kengroq imkoniyatga ega TsX ma’lumotlar bazasiga o‘tmoqchi bo‘lgan 
mSQL foydalanuvchisi o‘z kodiga juda kam o‘zgartirish kiritishi talab qilinardi. 
Shu bilan birga Yangi ma’lumotlar bazasi kodi to‘la original edi. 1995 yil may 


oyiga kelib TsX kompaniya ichki talablarini qanoatlantiruvchi ma’lumotlar bazasi, 
- MySQL 1.0 ga ega edi. Firma biznes-partneri Detron HB dan David Aksmark 
(David Axmark) TsX ga o‘z serverini Internetda ko‘rsatishni taklif qildi. Serverni 
Internetda ko‘rsatishdan maqsad - birinchi bo‘lib Aladdin Peter Deych (Aladdin 
Peter Deutsch) qo‘llagan biznes modelldan foydalanishdir. Natijada MySQLni
mSQL ga nisbatan «tekinroq» qiluvchi o‘ta moslashuvchan avtorlik huquqlari 
olindi. Nomiga kelganda Videnius bu haqida shunday deydi: «Xozirgacha 
noma’lum MySQL nomi qaerdan kelib chiqqani. TsX da asosiy kattalog, hamda 
bibliotekalar va utilitalar ko‘p qismi bir necha o‘n yildan beri «mu» prefiksiga ega. 
Shu bilan birga mening qizim (bir necha yilga kichik) ismi ham May (My). 
Shuning uchun haligacha sir, bu ikki manbaning qaysi biri MySQL nomini 
bergan».
MySQL ni Internetda e’lon qilingandan beri u ko‘pgina UNIX-tizimlarga, Win32 i 
OS/2 ga ko‘chirildi. TsX fikricha, MySQL ni 500 000 ga yaqin serverlar ishlatadi. 



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin