O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“KOMPYUTER TIZIMLARI” kafedrasi
Kompyuterni tashkil etilishi fanidan tayyorlagan
Kompyuter tizimli blok qismini yig‘ish tartibi uchun uslubiy ko‘rsatma
mavzusidagi topshiriq uchun
Mashg‘ultoning maqsadi. Kompyuter tizimli blok qismini yig‘ish tartibi uchun uslubiy ko‘rsatma.
Nazariy malumot. Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester) joylashgan. Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin emas? degan savol tug’ilishi mumkin. Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga to’liq bog’liq, doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi. Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi qurilmalar yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun mo’ljallangan va eng muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish, o’qish, ularni o’zgartirish, kerak bo’lsa, ularni yo’q qilish ham mumkin. quyida bu qurilmalarni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan bo’lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir: Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan. Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit disketlardan foydalanish juda kulay.
Tashqi xotira, odatda magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turlidir. Birinchi turi - egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin. Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi. Birgina qattiq diskka bir necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi. Hozirgi paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin. Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. O’rtacha axborot qidirish vaqti 12 ms.