Kompyuter tizimlari va tarmoqlari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə12/26
tarix16.06.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#131126
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

1 qatlam – Fizikaviy yoki jismoniy pog‘anasi.
Physical LaEr
Kompyuterlarda fizikaviy qatlam tarmoq adapterlari yoki ketma-ket SOM portlar tomonidan amalga oshiriladi. Asosan quyidagi ishlar bajariladi:

  1. Jismoniy liniyada bit ma’lumotlarni uzatish.

  2. Elektr signallarni yaratish.

  3. Ma’lumotlarni kodlash.

  4. Sinxron ishlashini ta’minlash.

  5. Modulyatsiyalash.

2 qatlam – Aloqa kanali pog‘anasi.
Data Link LaEr
Ushbu qatlamning asosiy vazifasi jo‘natilayotgan ma’lumotlardagi xatolarni aniqlash, ularni to‘g‘rilab jo‘natishdan iborat bo‘ladi. Ushbu qatlamda bit ma’lumotlar (signallar) guruxlanib kadrlar (freme) tashkil etadi. Xar bir kadrning
bosh qismiga va oxiriga ketma-ket bit signallarini va nazorat sonini (kontrolnaya summa) qo‘shib jo‘natadi. Uning asosiy vazifasi:

  1. Har qanday topologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlarning 2 qo‘shni stantsiyalar orasida paketlarni aniq Etkazib berish.

  2. “Umumiy shina”, “Xalqasimon” va “Yulduzcha” turidagi tipovoy strukturali tarmoqlarda 2 xar qanday stantsiyalar orasida:

Yuqoridagi vazifalar asosan dasturiy – uskunaviy amalga oshiriladi. Lokal kompyuter tarmoqlarida ishlatiladigan ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlardan foydalaniladi. Ular asosan tarmoq adapterlari va drayverlari orqali amalga oshiriladi.


3 qatlam – Tarmoq pog‘onasi.
Network LaEr
Bir necha kompyuter tarmoqlarini birlashtirib yagona transport tizimini yaratuvchi tarmoq qatlami hisoblanadi.Bundan tashqari, har xil kompyuter tarmoqlarida axborotlarni har xil usullar bilan oxirgi tugungacha Etkazib beradi. Ularning strukturalari ham har xil bo‘lishligi mumkin.
Barcha xar xil turdagi lokal kompyuter tarmoqlari bir-biri bilan marshrutizatorlar orqali bog‘lanadi.
Ushbu tarmoqli qatlamning asosiy vazifasi:

  • Har qanday topologiyali tarmoqlarning har xil 2 tugunining o‘rtasidagi paketlarni Etkazib berish;

  • Katta global tarmoqdagi 2 har qanday tarmoq orasida ma’lumotlarni uzatib berish va xakozolar.

Tarmoq qatlamida uzatilayotgan axborotlarni paketlar deb ataladi. Uzatilayotgan paketlar o‘zining manziliga va nomeriga ega bo‘ladi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin