Kompyuter tizimlari va tarmoqlari


Internet – global kompyuter tarmog‘i Reja



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə9/26
tarix16.06.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#131126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

Internet – global kompyuter tarmog‘i Reja:


  1. Internetning asosiy texnik vositalari va tushunchalar.

  2. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi axborot va moliyaviy telekommunikatsiya tarmoqlari.

  3. Internetda ishlash va Internet Explorer dasturida ishlash.

  4. Internetda adreslashtirish va yo‘naltirish.

  5. Xonadonlarni manzillashtirish.

  6. Internetning asosiy resurslari.

  7. MICROSOFT INTERNET EKSPLORER dasturi, funktsiyalari, ishchi o‘rni tafsiloti, ishchi o‘rnini sozlash.

1983 yilda - Internet tashkil etildi. Internet-axborotlar bilan mustaqil almashish imkonini yaratdi. Internet (International Network – xalqaro kompyuter TARMOQ) butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. 1990 yillar o‘rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun ko‘llanila boshladi. Biroq, bu borada turli muammolar mavjud edi. Internetning statistik ma’lumotlari quyidagicha:
1981 y.- Internet ga 213 ta kompyuter ulangan; 1983 y.- Internet ga 562 ta kompyuter ulangan; 1986 y.- 5089 ta kompyuter ulangan;
1992 y.- 727000 ta kompyuter ulangan;
1995 y.- 20-40 million kompyuter birlashdi.
Hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 milionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-10%ga ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotlarga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmoqda. Kompaniyalarni Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga foydalanuvchilar AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘pgina Evropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo‘l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxividan insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarni, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin.
Ayniqsa, kundalik kommunikatsiyaga muxtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko‘pincha telefon orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo‘lgan firmalar uchun qulaydir, chunki
Internet ning konfidentsial noyob aloqalari butun dunyo bo‘yicha imkoniyatga ega. Shu bilan birga yana bir narsani ta’kidlash lozimki internetga gipermatn tushunchasi kirib keldi. 1965 yil Nelson gipermatn so‘zini qo‘lladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil ma’lumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva SERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib xalqaro axborot tarmog‘i – World Wide Web (WWW)ga poydevor qo‘yildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o‘tib
Netscape brauzerini ishlab chiqdi.
Shunday qilib biz sevgan gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini WWW so‘zlaridan boshlangan manzilda ko‘rish va uni shu manzildan nusxasini ko‘chirib olish mumkin, degan so‘zlar ko‘prok uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining kamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Elektron usulda chop etilgan yangi-yangi jurnallar paydo bo‘lmoqda.

    1. Yüklə 0,97 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin