Kompyuter tizimlari va tarmoqlari


Lokal kompyuter tarmoqlari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə6/26
tarix16.06.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#131126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

Lokal kompyuter tarmoqlari.


Global tarmoqlar, ma'lumki, yirik shaxarlar, mamlakat, qit'alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o‘z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo‘ljallanadi. Bunday xajm LKT 10 Mbay/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o‘zaro kabel bilan bog‘lashdan iborat. Ular o‘z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) maxsus platalar orqali kompyuterning sistemali platalarini kengaytiradi.


Yuqori darajada qulaylik, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishdagi xar hil xatolarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tarmoqning butun ishi tarmoq bayonnomasi deb nomlanuvchi qoida va kelishuvlar bilan muvofiqlashtirib boriladi. Tarmoq bayonnomasi qo‘llaniladigan birikmalar (raz'em), kabellar, uzatiladigan signallarni kodlashtirish usullari, ma’lumotlar yozuvi formati, xatolarni payqash va tuzatish hamda shu kabilardan iborat.

Aloxida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi.


Odatda uchta topologiya qo‘llaniladi:

    1. Umumiy shina. Bu xolda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig‘iga parallel bog‘lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham aloxida, ham markazlashgan bo‘lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-xakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Aloxida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir hil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi.






    1. Xalqasimon. Bu xolatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog‘lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga

uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o‘sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.


    1. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so‘ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.



    1. Daraxtsimon bog‘lanish.




    1. Qutisimon bog‘lanish.




    1. Araalash bog‘lanish.


Bog‘lash uchun qo‘llaniladigan kabellar uzatish muxiti deb yuritiladi.
Masalan:
-koaksial kabellar, ular televizion antennaga juda o‘xshash;
-juftli o‘ram telefon simini eslatadi;
-optiktolali kabel. Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi.
Lokal tarmoqlarning qo‘llanish soxasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyixalarni avtomatlash-tirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
Tarmoq adresatsiyalari

Tekis adreslash



Tekis adreslashning irarxik strukturasi



  1. Yüklə 0,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin