Optik analiz usullari va turlari
Reja:
Optik analiz usullari va turlari.
Gaz va suyuqlik xromatagrafiyasi.
Spektrofotometriya.
Optik analiz usullari va turlari Hozirgi vaqtda kimyoning turli sohalarida sifat va miqdoriy analizlarni o`tkazishda optik analiz usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu usullar o`zining umumiyligi, sezgirligi, ayrim moddalarning to`g`ridan-to`g`ri aniqlash imkoniyati, ekspresligi (tahlil o`tkazish vaqtining qisqaligi), avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Optik analiz metodlari fizik–kimyoviy usullarning bir qismi bo`lib, nur energiyasining analiz qilinadigan modda bilan o`zaro ta`sirini o`rganishga asoslangan. Elektromagnit nurlar ta’sirida moddani (nur chiqarish, nurni yutish, tarqatish, sindirish, nurni qutblantirish) kabi optik xossalarini o’lchashga asoslangan usullar tahlilni optik usullari deb ataladi. Elektromagnit nurlar ta’sirida moddani (nur chiqarish, nurni yutish, tarqatish, sindirish, nurni qutblantirish) kabi optik xossalarini o’lchashga asoslangan usullar tahlilni optik usullari deb ataladi. Optik tahlil usullari quyidagicha tasniflanadi: a)O’rganilayotgan ob’ektga ko’ra: 1. atom spektral tahlil 2. molekulyar spektral tahlil b)Analizning bajarilish turiga ko’ra optik usullar: b)Analizning bajarilish turiga ko’ra optik usullar: 1. Refraktrometrik – moddaning yorug’lik nuri sindirish ko’rsatgichini o’lchashga asoslangan. 2. Nefelometrik – eritmaga tushayotgan yorug’lik nurining eritmada yoyilish intensivligini o’lchashga asoslangan. 3. Turbidimetrik - eritmadan o’tgan yorug’lik nuri intensivligini o’lchashga asoslangan. 4. Polyarimetrik - qutblangan nur tekisligining burilish burchagini o’lchashga asoslangan. 5. Emission – atomning qo’zg’algan xolatida, ya`ni elektronning bir energetik qavatdan boshqa energetik qavatga, o’tishida chiqqan nur intensivligini o’lchashga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: |