Kompyuterni WINDOWS XP OS lokal tarmog‘ida ishlash uchun sozlash.
WINDOWS XP OS lokal tarmog‘i bugungi kunda sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo‘lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch xosil qilish darkor. Buning uchun:
-"Ishga tushirish" menyusi, "Sozlash" menyusi, so‘ng Boshqarish panelidan foydalanish;
-"sichqoncha"ning chap tugmasini ikki marta "Sistema" belgisida bosish;
-kompyuterga ulangan qurilmalarda tarmoq adapteri belgisining mavjudligiga ishonch xosil qilish;
-agar belgi yo‘q bo‘lsa, unda tarmoq plata-adapterni o‘rnatish kerak, so‘ng Boshqaruv panelidan "Yangi qurilmani qo‘shing" belgisi orqali ishga tushirish lozim;
agar belgi bor bo‘lsa, u xolda belgining "Sistema" muloqot oynasini yopib, so‘ng "Tarmoq" belgisi bilan quyidagi amallar bajariladi:
Konfiguratsiyani ochib, "qo‘shish" tugmasi bosiladi.
Ro‘yxatdan "Mijoz" bo‘limi tanlanib, "Qo‘shimcha" tugmasi bosiladi.
WINDOWS XP OS lokal tarmog‘ida ishlash uchun xosil bo‘lgan ro‘yxatdan "Microsoft Network tarmog‘idagi mijoz" tanlanadi. Mijozni tanlash shuning uchun kerakki, bunda Sizning kompyuteringiz tarmoq resurslari, printerlar, papkalar, hamma uchun umumiy bo‘lgan qurilmalarga bog‘lanadi.
Muloqot oynasidan "Bayonnoma" bo‘limi tanlanib, "Qo‘shish" tutmasi bosiladi.
Xosil bo‘lgan bayonnoma ro‘yxatidan "IPX/SPX-qo‘shma bayonnoma" tanlanadi.
Ro‘yxatdan "Servis" bo‘limi tanlanadi.
"Qo‘shish" tugmasi bosiladi.
Xosil bo‘lgan menyudan "Microsoft fayllari va printerlarga kirish xizmati"ni tanlash.
Ro‘yxatdan "Adapter" bo‘limini tanlang.
"Qo‘shish" tugmasini bosing.
Xosil bo‘lgan ro‘yxatdan tarmoq platalar, jumladan uni ishlab chiqargan firmani tanlash kerak (Bu axborot plata bilan birga ham bo‘lishi mumkin). Navbatdagi majburiy jarayon kompyuterni tarmoqqa moslashtirish bo‘ladi. Shuning uchun "Qo‘llash" yoki OK ni bosib yuborishga shoshilmaslik kerak.
Kompyuterni tarmoqqa moslashtirish.
Tarmoqda ishlovchi xar qanday kompyuter o‘z nomiga ega bo‘lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo‘natish).
Kompyuterni tarmoqqa moslashtirish uchun quyidagilar bajariladi:
-"Tarmoq" muloqot oynasidan "Moslashtirish" (Identifikatsiya) tanlanadi;
"Kompyuter nomi" qatoriga kompyuter nomi kiritiladi, uni tarmoqda shu nom bilan belgilab qo‘yiladi;
"Ishchi gurux" qatoriga Sizning tarmog‘ingiz ishlayotgan ishchi gurux nomini kiriting (odatda bu axborot kompyuter mutasaddi raxbarlari yoki firmada bo‘ladi);
kompyuter modeli qatorida o‘zingiz ishlayotgan kompyuter modelini ko‘rsatasiz;
OK ni bosing.
Bu Erda ham sozlash jarayoni majburiy ekanligini ta'kidlash lozim.
Ana shu ishlar bajarilgach, xabarlar oynasida kompyuterni qayta yuklash taklifi paydo bo‘ladi. "Xa" tugmasini bosish kerak. Kompyuter qayta yuklangach, hamma o‘zgarishlar kuchga kiradi va ishchi stolida "Tarmoqlararo bog‘lanish" belgisi paydo bo‘ladi (bu birinchi marotaba tarmoqqa ulanayotgan kompyuterlarda sodir bo‘ladi).
Oldindan ishga sozlangan kompyuterlarda bayonnoma, mijoz, kompyuter nomi quyidagi tartibda o‘zgaradi: Ishchi stolida "sichqoncha"ning o‘ng tugmasini "Tarmoqlararo bog‘lanish" belgisida xarakatlantiring, keyin kerak bo‘lsa, bosqichma-bosqich o‘zgartiring. WINDOWS XP OS kompyuter tarmoqlarini
begonalar kirishidan saqlash uchun tarmoq parolini o‘rnatish imkoniyati bor. U WINDOWS XP OS ni yuklash chog‘ida so‘raladi. Tarmoq parollari kompyuterni sozlashning birinchi va ikkinchi jarayonidan keyin o‘rnatiladi. Mazkur jarayonni ham kompyuterni qayta yuklab o‘tkazish kerak. Agar sozlash ishlari tarmoqda to‘g‘ri o‘tkazilgan bo‘lsa, u xolda muloqot oynasida "Tarmoq parolini kiritish" paydo bo‘ladi. Ikkinchi jarayon natijasida berilgan nom birinchi qatorda tarmoq nomi bilan yoziladi. Ikkinchi qatorda parol nomi kiritiladi. OK ni bosing. Agar parolni kiritmasangiz, ENTER ni bosing. WINDOWS XP OS ni yuklash vaqtida albatta tarmoq paroli so‘raladi. Agar uni kiritmasangiz, "Tarmoq parolini kiritish" oynasi yana xosil bo‘ladi. ES tugmasi bosilgach, Sizning kompyuteringiz tarmoqqa ulanmaydi. Bu xolda na kompyuterga, na tarmoq resurslariga kirish imkoni bor.
Dostları ilə paylaş: |