Kompyuter viruslarini sinflarga ajratish.
Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning
tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib,
o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan,
RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (qora juma) va boshqa o'ta
xavfli viruslardir.
Ko'pchilik tarqalgan fayl viruslari shtammlarga ega, ular baza versiyalaridan uncha
farq qilmaydi. Shuning uchun fayl viruslarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
- Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb nomlanuvchi vakili Venada topilgan;
- CASCADE guruhi. RC-1701 deb nomlanuvchi birinchi vakili 1988 yil
o'rtalarida
topilgan;
- Quddus guruhi. RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning
oxirida
Quddus
universitetida
topildi;
- TR viruslar guruhi - mazkur viruslar, taxminlarga ko'ra, Bolgariyada ishlab
chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch kichik guruhga bo'linadi. VACSINE,
"musiqali qayta yuklash" va "o'z-o'zini yeb qo'yuvchilar".
Ohirgi ikkitasini Vankey Doodle ham deb atashadi.
- Datacrime. Bu guruh vakillari joriy yilning 12 oktyabrida faollashadi va A, V,
C,
D
disklarda
8
sektorni
ishdan
chiqaradilar.
- Avenger guruhi. RCE-1800, RCE-1000 deb nomlanuvchi mazkur guruh katta
zararlash imkoniyatiga ega. U nafaqat fayllarni bajarish chog'ida, balki uni o'qish
va ochish vaqtida ham zararlaydi. Bundan tashqari, bu toifadagi viruslar davriy
ravishda
sektorlardagi
fayl
va
katologlarni
yo'qotadi.Vinchestergamatnxabarlariniyozadi.
-Islandguruhi(Icelandic).
Shu yerda ta'kidlash kerakki, Datacrime va island guruhiga mansub viruslar
hozircha bizning mamlakatimizda yo'q.
Boot viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot viruslarining soni fayl
viruslariga
qaraganda
anchakamvashuningdek,ularsekinroqtarqaladi.
Fayl viruslari kabi ko'p tarqalgan Boot viruslari ham shtammlarga ega. Hozirgi
vaqtda
ushbu
viruslarniquyidagiguruhlargaajratishmumkin:
- Italiya guruhi. "Bxl-1S-a" deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning
oxirida
paydo
bo'ldi;
- Pokiston guruhi. Bu guruhga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi. Birinchi
vakili Vgat 86 Pokistonning Lahor shaxrida 1986 yil topilgan.
Buzish darajasi bo'yicha viruslarni shartli ravishda ikki turga -"illyuzion" va
"vandallar" ga bo'lish mumkin. "Illyuzion" guruh qandaydir yoqimli musiqa sadosi
yoki namoyish orqali virusni yuqtiradi.
"Vandal" so'zining o'zbekcha lug'aviy ma'nosi - madaniy yodgorliklarni harob
etuvchi, xuddi shunday "vandallar" dasturni harob qiladi. Bu toifa viruslar yopiq
holatda
fayllarni
bildirmasdan
ishdan
chiqaradi.
Tabiiyki, ham fayl tizimini, ham yuklash (Boot) cektoriga zarar yetkazuvchi
viruslar
ham
1. Kompyuterviruslaridanhimoyalanishusullarini sinflashtirish.
Dastlabki nazorat:Kelayotgan dasturlarni detektor dasturlari bilan tekshirish.
Profilaktika: "Yozishdan himoyalangan" disketalar bilan ishlash, yozish uchun
disketadan foydalanishni minimallashtirish, ilgarigi va amaldagi disketalarni
alohida
saqlash,
dasturlarni
vinchesterdaarxivlanganholdasaqlash.
Taftish
(Reviziya):
Yangidasturlarni
maxsus
dasturlar
yordamida
tekshirish.
Karantin:
Har qanday yangi dastur yangi karantin muddatini o'tashi lozim. Ular
mutaxassislar
tomonidan
viruslargtekshirilgabo'lishikerak.
Filtrlashtirish:
FluSbot Plus, MaceVaccine, ANTIWS2 turdagi dasturlar orqali ehtimoldagi
viruslarni
tutish.
Terapiya:
(davolash).
Dasturni dastlabki "sog'lom" holatga keltirish. Bu ish har bir fayldan zararli
viruslarni
"tishlab
olib
tashlash"usulibilanamalgaoshiriladi.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, virusdan himoyalanishning bir necha
turdagi dasturiy vositalari mavjud: dastur-detektorlar (disketa yoki diskdagi
viruslarni "tutadi") va dastur-faglar (viruslardan davolaydi). Ular har bir
foydalanuvchida bo'lishi va kompyuter ishga tushirilishidan oldin doimo sinab
ko'rilishi kerak.
Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan
viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi.
Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan
buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi
hozirda yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band
bo'lishmoqda. Bu, bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini
olishga qaratish lozim. "1 gramm profilaktika 1 kilogramm davolashga teng"
maqoli naqadar to'g'ri.
Antivirus dasturlarini ishlatishdagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarga
batafsil
to'xtab
o'tamiz.
Antivirus vositalarini qo'llashdagi eng ko'p yo'l qo'yiladigan xato - zararlangan
kompyuterda ularni ishlatib yuborishdir. Virus aniqlangach, keyingi hatti-harakat
quyidagicha
bo'ladi:
kompyuterni o'chiring va uni himoyalangan sistemali disket yordamida qayta
yuklang (bunday disketa Sizda albatta bo'lishi kerak). Mazkur disketada antivirus
dasturlari
joylashgan
bo'lishi
kerak.
Antivirusdasturiniishgatushiring.
Zararlangan operasion sistemalarda amallarni bajarish va dasturlarni ishga
tushirish qo'pol xato va misli ko'rilmagan yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Jumladan,
bunda hali zararlanmagan dasturlar ham talofat ko'rishi mumkin. Masalan, Sizning
kompyuteringiz RCE-1800 virusi bilan zararlangan bo'lsin. Mazkur virusga
mo'ljallanmagan faga dasturni extiyotsizlik bilan ishlatish qolgan yuklovchi
modullarni ham ishdan chiqaradi.
Yana ko'p uchraydigan xatolardan biri antivirus vositalarini haddan tashqari
ishonish. Garchand, bunday dasturlarni juda yuqori darajadagi dasturchilar
yaratsalar-da, ular har doim ham ishonchli emas. Har qanday dastur kabi, ular ham
xatolardan holi emas. Bu detektorlarga ham, fagalarga ham taaluqli. Shu yerda biz
ta'kidlashimiz lozimki, biz faga deb atalayotgan dasturlar aslida "detektor-
faga"ning o'zi. Shuning uchun ularning ishida viruslarni aniqlashda ham, ularni
davolashda ham xatolar bo'lishi mumkin.
Ishlatilayotgan detektorlar ko'pincha viruslarni payqamay, zararlangan fayllarni
o'tkazib yuboradilar. Masalan, juda mashhur McAFee Associates firmasiga tegishli
SCAN kompleks detektori bizning mamlakatimizda keng tarqalgan viruslarni
payqamay o'tkazib yuboradi va yangi, bir nechta yolg'on ishlanmalar beradi.
Shuning uchun bir nechta detektorlarni bir yo'la qo'llash "ovoz berish yo'li bilan"
zararli dasturlarning ro'yxatini tuzish mumkin.
Arxivda saqlanayotgan dasturlarga detektorlarni qo'llash samarasiz ekanligini
ta'kidlash lozim. Bunda dasturlarni arxivdan ozod etish lozim. Aks holda, detektor
mazkur fayllarni tekshirmaydi. Yana faga noo'rin dasturning foydali qismini
"tishlashi mumkin". Aynan shu yerda detektor yolg'on axborot bergan bo'ladi. Faga
ishlab turgan dasturni ishdan chiqarishi hech gap emas. Yana bir eng katta, yo'l
qo'yiladigan xatolardan biri himoyalanmagan disketaning qo'lma-qo'l yurishi
va ishonchsiz disketalarni yuklashdir. Shuning uchun disketalarni doimo
himoyalash
kerak.
Faqat
ishonchlidisketalardanginafoydalanishdarkor.
Va yana bir yo'l qo'yiladigan xatoga maxsus to'xtalamiz. Bu A disk yuritgichda
disketa bo'la turib, kompyuterni qayta yuklashdir. Bunda BIOC aynan disk
yuritgichdagi disketadan dasturni yuklaydi, natijada disketadagi boot-virus
vinchesterga yuqadi.
Faganing sifati, eng avvalo, u qayta ishlayotgan viruslar soniga bog’liq. Bundan
tashqari, interfeys qulayligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bular faganing
hisobotini yaxshilaydi. Odatda, fagalar bir necha viruslarga mo'ljallangan bo'lib,
qolganlari uchun samarasiz bo'lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |