2.Asosiy qism
2.1. Jarayonning matematik tavsifi
Natriy gidroksid (oʻyuvchi natriy, kaustik soda), NaOH — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 323°, qaynash temperaturasi 1403°, zichligi 2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaqtida issiklik ajratib chiqaradi. Gigroskopik. Suvdagi eritmasi kuchli ishqor. Suvsiz NaOH 61,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. natriy metali va natriy gidritni eritadi.
Osh tuzining suvdagi eritmasi (na-makob)ni elektroliz qilib hosil qilinadi. Sunʼiy ipak, sovun va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va boshqa sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Koʻpgina organik birikmalar, charm va qogʻozlarni yemiradi. Teriga tegsa kuydiradi.
Fizik xossalari:
Molyar massasi – 40 gr/mol
Zichligi – 2,02 g/sm³
Holati – qattiq, – rangsiz kristall modda, kuchli ishqor. Gigroskopik modda.
Tsuyuqlanish - 323°C
Tqaynash - 1403°C
Kimyoviy xossalari:
Suvdagi eruvchanligi – 49,4%(0ºC da)
Etanolda – 27,9% (28ºC da)
Metanolda – 35,5% (28ºC da)
Dostları ilə paylaş: |