IP TARMOG'INI MASKA YORDAMIDA STRUKTURALARGA AJRATISH
Ularga ajratilgan markazlashgan tarmoq nomeri soni tar- moqni strukturalash uchun yetarli emas. Misol
uchun barcha o'zaro kuchsiz aloqaga ega bo'lgan kompyuterlarni har xil tarmoqlar bo'yicha
joylashtirish. Shuning uchun administrator noqulayliklarni boshidan kechiradi. Bunday hollarda ikkita yo'l
mavjud. Birinchisi, NIC dan olingan qo'shimcha nomerlar soni bilan bog'liq.
Ikkinchisi esa tez-tez
foydalanib turiladigan, bitta tarmoqni bir nechta tarmoqlarga ajratish imkonini
beruvchi niqoblardan
foydalanish bilan bog'liq. Niqob - bu raqam, tarmoq nomeri sifatida moslashtirilishi kerak bo'lgan uch
razryadli birlardan iborat ikkilik yozuv. Misol uchun. standart sinflar uchun
tarmoq niqobi quyidagi
qiymatga teng: 255.0.0.0 - A guruhdagi tarmoq uchun niqob; 255.255.0.0 -
V guruhdagi tarmoq uchun
niqob; 255.255.255.0 - S guruhdagi tarmoq uchun niqob. Niqobni administrator tarmoqni kengaytirish
uchun ishlata- di. Ketma-ket birlar soni. ya'ni tarmoq nomerining chegarasini
aniqlovchi adresni
baytlarga bo'lishni tekshirish uchun 8 ga ajratilgan holda bo'lishi shart emas. Olaylik, misol uchun niqob
255.255.192.0 (ll 111 111 l l l l l l l l
ПОООООО 00000000) qiymatga ega bo'lsin. Tarmoq
nomeri esa
129.44.0.0 (lOOOOOOl 00101100 00000000 00000000) qiymatga ega. bundan ko'rinib turibdiki u V
guruhga tegishli. Bu adresga niqob berilganidan so'ng administrator
foydalanadigan bitta tarmoq
nomeri 16 dan 18 gacha ortadi. unga berilgan markazlashgan tarmoq nomeri to'rtta: 129.44.0.0
(10000001 00101100 00000000 00000000) 129.44.64.0 (10000001 00101100 01000000 00000000)
129.44.128.0 (10000001 00101100 10000000 00000000) 129.44.192.0 (10000001 00101100
11000000 00000000)