IP ADRESLAR YORDAMIDA MARSHRUTLASH Marshrutizator va oxirgi element ishidagi yana bir farq bu niarshrutni tanlashda marshrutlash jadvalini
qurishda o'zining usullari bo'ladi. Ya'ni marshrutizator odatda marshrutlash jadvalini avtomatik tarzda
yaratadi, oxirgi elementlar uchun marshrutlash jadvali administrator tomonidan qo'lda yaratiladi va fayl
ko'rinishida diskda saqlanadi. Bir qadamli marshrutlash uchun jadval qurishning har xil algoritmlari
mavjud. Ularni uch guruhga bo'lish mumkin:
• marshrutlashni qayd qilish algoritmi: • oddiy marshrutlash
algoritmi;
• adaptiv marshrutlash algoritmi. Bu algoritmlar ishining natijasi bir xil formatda bo'ladi. Chunki
har xil tarmoqlarda o'zining algotirmi bo'yicha marshrutlash jadvali tuzilgan bo'ladi, bundan so'ng ular
o'rtasida axborotlar almashinuvini ta'minlash uchun bu jadvallaming formati qayd qilingan bo'ladi.
Shuning uchun ham marshrutizatorlar adaptiv marshrutlash algoritmi bo'yicha ishlaydi. Marshrutlashni
qayd qilish Bu algoritm oddiy texnologiyali tarmoqda qo'llaniladi va marshrutlash jadval tarmoq
administratori tomonidan qo'lda yaratishga asoslangan. Algoritm katta tarmoqli magistrallar uchun ham
effektiv ishlaydi. Bir marshrutli jadvallar ko'p marshrutli jadvallardan farq qiladi. Ya'ni bir marshrutli
jadvalda har bir adres uchun bitta yo'l berilgan. Ko'p marshrutli jadvallarda esa har bir adres uchun bir
qancha alternativ yo'llar bo'ladi.
IP ADRESLAR YORDAMIDA MARSHRUTLASH Ko'p marshrutli jad- valdan foydalanilganda bitta yo'l asosiy. boshqalari esa zaxirada- gi yo'l
hisoblanadi. Oddiy marshrutlash Oddiy marshrutlash algoritmi uch guruhga ajratiladi:
• tasodifiy
marshrutlash - paketlar kirish yo'nalishidan tashqari ixtiyoriy. tasodifiy yo'nalish bo'yicha uzatiladi;
• ko'p
oqimli marshrutlash
— paketlar kirish yo'nalishidan tashqari barcha yo'nalishlar bo'yicha uzatiladi; •
oldingi usul bo'yicha marshrutlash - marsh rut jadval lari marshrutizatordan o'tuvchi paketlarda
joylashgan ma'lumotlar asosida tuziladi. ShalTof ko'priklar huddi shunday ishlaydi. ya'ni tarmoq
segmentiga kiruvchi elementlar adresi haqidagi axborot- ni yig'adi. Bunday marshrutlash usuli tarmoq
topologiyasining o'zgarishiga sekinlik bilan moslashtiriladi.Adaptiv marshrutlash Bu asosiy marshrutlash
algoritmi bo'lib. murakkab topologiyaga ega bo'lgan tarmoqlarda marsh rut izatorlarda qo'llaniladi.
Adaptiv marshrutlash internet tarmoqdagi axborotlarni marshrutlar o'rtasida almashinuviga. undan
tashqari marshrutlar o'rtasidagi aloqani ta'minlashga asoslangan. Adaptiv protokollar barcha
marshrutlarga tarmoqda aloqa topologiyasi haqida axborot yig'ish imkonini beradi. Bu protokollar
taqsimlovchi xarakterga ega. ya'ni topologik axborotlar tarmoqda ishtirok etmayotgan qaysidir
belgilangan marsh rut izatorlar tomonidan yig'ilgan va umumlashtirilgan holda ifodalanadi: bu ish
barcha marshrutlar o'rtasida taqsimlanadi.