Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#173753
  1   2   3   4   5   6

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH
MAVZU : Marshrutlash algoritmlari: Eng qisqa yo‘l algoritmi, Masofaviy-vektorli marshrutlash, Kanal holati bo‘yicha marshrutlash.


Guruh: NWK004
Fan nomi: Kompyuter tarmoqlari.
Bajardi: Doְ‘schanov Bekzod.
Toshkent 2023
REJA:


  1. Marshrutlash asosiy tamoyillari.

  2. Eng qisqa yo‘l algoritmi.

  3. Masofaviy-vektorli marshrutlash.

  4. Kanal holati bo‘yicha marshrutlash.

  5. Xulosa.


Marshrutlash - bu kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir. Dunyo tarmoqlarga to'lib toshgan va haqiqatan ham ushbu tarmoqlar aloqa sohasida tezroq harakat qilishimizga yordam beradi.
Marshrutlash so'zining umumiy tushunchasi bu birlashgan tarmoq orqali manbadan belgilangan nuqtagacha axborotning borishi tushuniladi. Bunda yo'l davomida hech bo'lmasa bitta tugun uchraydi. Marshrutlash o'z ichiga ikkita asosiy komponentni oladi: marshrutlashning optimal traktlarini aniqlash va birlashgan tarmoq orqali axborot guruhlarini (oddiy aytganda paketlarni) olib borishi .

Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida yechiladi. Marshrutlash jadvalini tuzish boʻyicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin qoʻl yordamida tuzatish va qoʻshish imkoni nazarda tutilgan. Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar maxsus xizmat protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi toʻgʻrisida axborot almashib turishadi. Bunday turdagi protokollar marshrutlash protokollari (yoki marshrutlovchi protokollar) deyiladi. Marshrutlash protokollarini (Masalan RIP, OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP, IPX) farqlash kerak. Ikkalasi ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi. Ularni paketni har xil turdagi tarkibiy tarmoq manzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin shu vaqtdan birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yigʻib uzatishadi, ikkinchilari esa kanal darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar 188 axborotini uzatish uchun moʻljallangan. Marshrutlash protokollari tarmoq prtokollarini transport vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yoʻnalish axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi paketlarining maʻlumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni joylashtirish nuqtaiy nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq darajada deb qaralishi kerak.


Marshrutlash protokollari 2 turga bo’linadi:

  1. Statik (marshrutlash jadvallari qo'lda yoziladi).

  2. Dinamik (marshrutlash ma'lumotlari maxsus protokollar bilan taqsimlanadi).


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin