Aloqa holati algoritmi (LSA) - bu kompyuter tarmoqlarida ma'lumotlarning bir tugundan ikkinchisiga o'tishi uchun eng yaxshi yo'lni aniqlash uchun ishlatiladigan marshrutlash algoritmi. LSA masofaviy vektorli marshrutlash (DVA) algoritmiga nisbatan marshrutlashning yanada rivojlangan va samarali usuli hisoblanadi.
Aloqa holatini marshrutlash protokollari yirik, korporativ darajadagi tarmoqlarda ishlash uchun mo'ljallangan. Bog'lanish holatining marshrutlash protokollari juda murakkab va masofaviy vektor marshrutlash protokollariga qaraganda sozlash, saqlash va muammolarni bartaraf etish ancha qiyin. Biroq, havola holatini marshrutlash protokollari masofali vektor protokollarining ko'pgina kamchiliklarini bartaraf etadi.
Masofa-vektori algoritmi asosidagi eng ko‘p tarqalgan protokol bo‘lib, RIP protokoli hisoblanadi. Aloqa xolatining algoritmi, har bir marshrutizatorni tarmoq aloqalarining aniq grafasini qurish uchun yetarli axborot bilan ta’minlaydi. Hamma marshrutizatorlar bir xil graflar asosida ishlaydi, bu marshrutlash jarayonini konfiguratsiyasi o‘zgarishiga mustaxkamliroq qiladi. Keng ogoxlantirishli jo‘natmalar faqat aloqalar xolatining o‘zgarishidagina ishlatiladi, bunday xolat ishonchli tarmoqlarda kam uchraydi. Aloqa liniyalar xolatini qandayligini tushunish uchun uning portlariga ulangan marshrutizator o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan kalta paketlarni vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Ushbu grafik ham keng ogohlantiruvchi, lekin u qo‘shnilar orasida bo‘lganligi sababli tarmoqni kamroq sifatsizlantiradi. TCP/IP stekida aloqalar xolatining algoritmi asosidagi protokol bo‘lib,OSPF protokoli hisoblanadi.
RIP masofa-vektor protokoli RIP (Routing Information Protocol) protokolida hamma tarmoqlar raqamga ega (raqam tashkil bo‘lish usuli, tarmoqda tarmoq pog‘onasining protokolini ishlatilishiga bog‘liq), marshrutizatorlar esa, identifikatorlarga ega. RIP protokoli keng “Masofa vektori” tushunchasini ishlatadi. Masofa vektori, bu tarmoq raqamlari va uchastkalarida qadam (xop)larga bo‘lgan masofani hisoblovchi ikki juft son. Masofa vektori marshrutizatorlar tomonidan tarmoq bo‘yicha tarqatiladi va bir necha qadamdan keyin har bir marshrutizator yetishadigan tarmoq va unga bo‘lgan masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Agar qaysidir tarmoq bilan aloqa uzilsa, marshrutizator bu xolatni belgilab, vektor elementiga ushbu tarmoqqacha bo‘lgan masofaga, “Aloqa yo‘q” maxsus ya’ni, maksimal belgi qo‘yadi. RIP protokolida bu belgi 16 son hisoblanadi. Aloqaning xolatiga va qurulmalarni o‘zgarishiga moslashish uchun marshrutlash jadvalining har bir yozuviga taymer ulanadi. Agar taym-out davrida ushbu yo‘nalishni tasdiqlovchi xabar kelmasa, unda u yo‘nalish jadvalidan olib tashlanadi. RIP protokolidan foydalanilganda Bellman-Ford dinamik dasturlashining evristik algoritmi ishlaydi va uning yordamida topilgan yechim optimalga yaqin hisoblanadi. RIP protokolining ustunligi, uning hisoblashdagi oddiyligi, kamchiligi esa keng ogohlantiruvchi paketlarni vaqti-vaqti bilan jo‘natadi va topilgan yo‘nalish optimal ekanligi hisoblanadi.