Kompyuterli modellashtirish prinsiplari. Kompyuterli modellashtirish turlari, klassifikatsiyasi



Yüklə 316,11 Kb.
səhifə2/9
tarix08.04.2023
ölçüsü316,11 Kb.
#95006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kompyuterli modellashtirish prinsiplari. Kompyuterli modellashti

Dasturlash tillari. Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va qatʼiy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi.
Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.
1)KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha oʻqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yigʻadi.
2)INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda koʻl boʻlib, ularning har biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan tanishamiz.
C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun moʻljallangan til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun moʻljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.IDE (Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot yaratish uchun dasturiy vositalar majmuasi.

C# dasturlash tili muhiti va unda ishlash.
C# universal dasturlash tili bo’lib, xar xil darajadagi masalalar uchun yechim topish mumkin. C# tilining asosiy tushunchalaridan biri bu klasslardir. Klass bu –foydalanuvchi tomonidan yaratilgan (ifodalangan) til. C# dasturlash TILIDA C va C++ tillarning deyarli barcha imkoniyatlari saqlangan. C va C++ tillarda tayyor xoldagi dasturlarga qayta o’zgarish kiritganda ham C# kompilyatori dastur matnidan xatoliklar topmaydi. Ya’ni dasturni xar ikkala tilda xam foydalanib tuzish mumkin. Tilning asosiy xususiyatlarini sanab o`tsak:
-xotirani avtomatik boshqarish;
-sanaladigan, strukturali va sinf xususiyatlari bilan ishlash uchun quyilgan sintaksis konstruktsiyalar;
-operatorlarni qayta yuklashni C++ tiliga qaraganda oson amalga oshirish;
-dasturiy interfeyslarni ishlatishni to`liq qo`llab quvvatlash;
-sohaga yo`naltirilgan dasturiy texnologiyalarni qo`llab quvvatlash.
C# dasturlash tili .Net platformasining qadrdon tili hosoblanadi. Tilni yaratishning asosiy maqsadi uni .Net platformasiga integrallashuvi hisoblanadi. Net platformasiga turli dasturlash tilida dasturlash mumkin bo`lsada eng yaxshisi C# dasturlash tilida dastur tuzishni maslaxat beramiz, chunki bu til muhitni barcha imkoniyatlarini maksimal ishlatadi. Shunday ekan C# tili imkoniyatlarini bilish orqali muhit imkoniyatlarini ham bilib olamiz. Bu til to`liq ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash tili bo`lib, xatolarga bardoshli va chidamli dasturlarni tuzish imkoniyatini beradi.C# dasturlash tili o`zining soddaligi, barqarorligi va mantiqiyligi bilan faqr qiladi. Unda xatolarni toppish noqulay ko`rinmaydi. C# tili tiplarga nisbatan xavfsiz hisoblanadi. U initsializatsiyalanmagan o`zgaruvchilarni ishlatishdan, tiplarni xavfsiz bo`lmagan o`tkazishdan va boshqa ko`p tarqalgan xatoliklardan himoyalaydi.C# dasturlash tilida dastur tuzish vaqt va moddiy sarf jihatdan yutuqli hisoblanadi. Nihoyat C# .Net platformasining barcha imkoniyatlari xususan umumiy va maxsus masalalarni yyechish uchun ko`pgina kutubxonalarni ishlatadi.Net platformasining ikkita asosiy tashkil etuvchisi umumiy tildagi bajarilish muhiti (CLR-Common Language Runtime) va sinflar kutubxonasi (FCLFramework Class Library). Umumiy tildagi bajarilish muhiti dasturni ishlashi vaqtida kodni boshqarishni bajaradi va xotirani boshqarish, oqimlarni boshqarish hamda uzoqlashgan o`zarota`sir singari asosiy xizmatlarni ko`rsatadi. Bunda qattiqqo`l tiplashtirish va kod mavjudliligi tekshiruvlarini amalaga oshiradi, qaysiki bu xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlaydi. C# dasturlash tili to`g`risida quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Xulosa qilib shuni aytish kerakki dasturlash tillarini quyidagi ketma-ketlikda o`rganishni maslahat berar edik:Dasturlash tili boshlang`ich tushunchalarini o`rganish uchun C dasturlash tilini o`rganish: til sintaksisi, algoritmlari, konstruktsiyalar, konsol dasturlarini yaratish.
1.C# tili – turli tipdagi dasturlarni yaratish uchun kuchli va qulay dasturlas h
tili hisoblanadi.
2.”Kompyuter tarmoqlari”, “Internet va multimediya” kurslari doirasida web
dasturlarini yaratish uchun C# dasturlash tilini ishlatish.
Dasturlash tillarini o`qitishning bunday yondashuvi mutaxassislarni yangi
darajaga chiqaradi.C# dasturi 90 yillarning oxirida ishlab chiqilib Microsoft .NET ning bir qismiga aylandi. Al`fa versiya sifatida 2000 yildan boshlab ishlatila boshladi .C # bosh arxitektori butun dunyo dasturchilari ichida birinchilar qatorida turgan va butun dunyo tomonidan tan olingan Anders Hejlsberg bo`ldi. Uning 1980 yillarda chiqarilgan Turbo Paskal dasturi orqali ham tanishimiz mumkin.C# bevosita C, C++ va Java bilan bog`liq. Chunki bu uchta til dasturlash olamida eng mashhur tillardir. Bundan tashqari profisanal dasturchilar C va C++ ni va juda ko`pchilik Java tilida ish yuritadi.
Biz C# ning kelib chiqish genealogik daraxtini ko`rib chiqsak.


Yüklə 316,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin