Mulitimedia qurilmalari. Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash mulitimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter mulitimedia - kompyuter deb ataladi.
Mulitimedia atamasining lug'aviy ma’nosi mulitimuhitni anglatadi. Ammo mulitimedia tushunchasining aniq tahrifi mavjud
emas. Odatda mulitimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. SHu bilan birga mulgʻtiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham mulitimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda mulitimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas.
Raqamli foto va videokameralar kompyuterga tasvirli va tovushli ma’lumotlarni (fototasvir va
Videofil’mlami) kiritish uchun mo’ljallangan.
Mikrofon tovushli ma’lumotlarni kiritish uchun mo'ljallangan.
Kolonkalar va naushniklar tovushli ma’lumotlarni eshitish uchun mo'ljallangan.
Vebkamera kompyuterga videotasvirli ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladi.