Kompyuterni tashkil etilishi


Point- ko'rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko'chirish; Click-



Yüklə 132,64 Kb.
səhifə8/11
tarix13.12.2023
ölçüsü132,64 Kb.
#176420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kompyuterning tuzilishi va funktsiyasi Kompyuterning tuzilishi va funktsiyasi (The structure and functions of the computer.)

Point- ko'rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko'chirish;
Click- sichqoncha tugmasini bosib darhol qo'yib yuborish;
Double click- sichqoncha tugmasini ikki marta tez bosish;
Select- biror obyektni tanlash.
Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko'chirish (Drag and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko'rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko'chiriladi, so'ngra sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi.
4. Shaxsiy kompyuterlarning qo'shimcha qurilmalari.



Sichqoncha. Sichqonchama’lumotlarnikompyutergakiritishvaubilanmuloqotqilishvazifasinitezroqamalgaoshirishnitahminlaydiganqurilmadir. Usizkompyuterdaxususan, amaliyottizimidaishlabbo'lmaydi. Uyordamidaamaliyottizimgavauningboshqaruviostidaishlaydigandasturlargabuyruqlarkiritiladi. Sichqonchaodatdaikkiyokiuchklavishalibo'ladi: chap, o'ngvao'rtayokig'ildirakchali. Chap va o'ng klavishalar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar
(ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst tavsiyanoma deb ataluvchi oynadagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog'liq. O'rta klavisha yoki g'ildirakcha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay.
Sichqoncha birinchi navbatda ko'rsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror obyekt ko'rsatgandan keyin, chap klavishacha bosilsa, o'sha obyekt ishlash uchun tayyor bo'lib turadi. Ko'rsatilgan obyekt ustida, sichqonchaning chap klavishasi ikki marta bosilsa, ko'rsatilgan obyekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap klavishasini ikki marta ketma-ket bosish operatsiyasi, bu operatsiyani bir marta chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo'ladi.
Ekranda ko'rsatilgan obyektni surish yoki ko'chirish uchun, sichqoncha ko'rsatkichini ko'rsatilgan obyekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi bosiladi va klavishani qo'yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni sichqonchaning ham chap, ham o'ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko'chirish mumkin.
Bundan tashqari har bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi vositalarni ham



ulash imkoni mavjud bo'lib ulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko'rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo'ladi: matritsali, oqimli va lazerli.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi
emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo'lib, albatta ignalar soni ko'pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo'li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo'lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom bo'lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasviriarni esa sekinroq chop etadi.

Yüklə 132,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin