Fan o’qituvchisi: Raxmatov I.I. Kafedra mudiri: Raxmatov I.I. «Kompyuterning fizik asoslari» fanidan yakuniy nazorat Variant Elektronikaning rivojlanish bosqichlari.
Elektronika – fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar VAda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o‘tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilim-larga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan cVAbarchas bog‘liq bo‘lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g‘altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash), passiv elementlardan iborat edi.
Ikkinchi bosqich Li de Forest tomonidan 1906 yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallarni o‘zgartiruvchi va eng muhimi, quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo‘ldi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallarni kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so‘zlashuvlarni, keyinchalik esa, tasvirlarni VA uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televideniye) paydo bo‘ldi. Bu davrning elektron asboblari passiv elementlar bilan birga, aktiv elementlar – elektron lampalardan iborat edi.
Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948 yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo‘lgan bipolyar tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga, uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o‘lcVAlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma VAda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.