Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari.
Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.
1.Tizimli blok va uning tuzilmasi. Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki boʻlgani uchun uni batafsil koʻrib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi.
Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:
1. Tizimli plata;
2. Diskyurituvchi;
3. Qattiq disk (vinchestr);
4. Tok manbai bloki.
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat boʻlib, ular oʻzaro bogʻlovchi elektr (tok) oʻtkazuvchi yoʻllari bilan bogʻlangan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini oʻzida jamlaydi, chunonchi:
u markaziy protsessor;
u tezkor xotira mikrosxemalari;
u doimiy xotira qurilmasi;
u taymer (joylashtirilgan soatlar);
u kengaytirish tutashmalari va boshqalar.
Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir.
Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni oʻzgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning oʻzaro aloqasini oʻrnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan koʻrsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira oʻrtasida aloqa oʻrnatish amalga oshiriladi.
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir soʻz bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha koʻrsatmalarini bajaradi. Shaxsiy kompyuterning eng muhim koʻrsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir.
Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari boʻlgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bogʻliq boʻlgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin boʻlgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi.
IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi Intel firmasi bilan bogʻliq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS XT (extended version, “Iks-ti” deb oʻqiladi) deb nomlanadi.
Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan taʻminlangan SHK lar IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi.
IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel firmasining koʻp razryadli ishlash samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda.
Tizimli platada joylashgan yana bir eng muhim element - tezkor xotira mikrosxemalaridir.
Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) oʻzida ayni vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar uchun ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil topgan.
Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki doimiy xotira (DX) deb ataladi.
Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari toʻplamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan oʻchirilganda ham axborot saqlanib qoladi.
Undagi axborot bir marta zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni oʻzgartirish mumkin emas.
DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar toʻplamidir. Birinchidan, kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini, masalan diskyurituvchi va vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa, ikkinchidan taymer kompyuterdagi toʻxtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema.
Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida kompyuterlarga qoʻshimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida qurilmani boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb nomlanadi.
Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi. Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy protsessor boʻlsa-da, nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol timsolida masalan, bosh oshpaz oʻz yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, oʻtinlarni tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa boʻladi.
Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester) joylashgan.
Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa koʻrinishdagi ma’lumotlarni saqlash uchun moʻljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin emas? degan savol tugʻilishi mumkin. Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga toʻliq bogʻliq, doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi.
Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi qurilmalar yaratilgan. Qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun moʻljallangan va eng muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish, oʻqish, ularni oʻzgartirish, kerak boʻlsa, ularni yoʻq qilish ham mumkin. Quyida bu qurilmalarni birma-bir koʻrib chiqamiz.
Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan boʻlsak, disketlarsiz diskyurituvchi goʻyo kassetasiz magnitofondir: Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va oʻqish uchun moʻljallangan qurilma. Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan.
Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit disketlardan foydalanish juda kulay.
Tashqi xotira, odatda magnit disklardan iborat boʻlib, ular ikki turlidir. Birinchi turi - egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni bir kompyuterdan boshqasiga oʻtkazish mumkin. Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan boshqasiga oʻtkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi. Birgina qattiq diskka bir necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan oʻlchanadi. Hozirgi paytda optik disklar paydo boʻlmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida gigabaytlarda (Gbayt) oʻlchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin.
Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. Oʻrtacha axborot qidirish vaqti 12 ms.
Eng tezkor vinchesterlar Western Digital
Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt (Mbayt) va boshqa kattaroq birliklarda oʻlchanadi.
Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hyech qanday axborotni bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam boʻshliqni anglatadi. Baytdan keyingi oʻlchov birligi - kilobayt boʻlib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024 belgidir.
Axborot oʻlchov birliklarining oʻzaro bogʻlanishlari quyidagicha:
1 Mbayt q1024 Kbayt
1 G (giga)baytq1024 Mbayt va hokazo.
Uncha qalin bo’lmagan 300 betli oʻquv kitobi rasmsiz, taxminan 2 Mbayt axborotni oʻzida jamlaydi.
Disket va qattiq disklar uchun axborot sigʻimi tushunchasi juda ahamiyatli. Bu axborot saqlash vositasiga qancha Kbayt yoki Mbayt yozish mumkinligini koʻrsatadi. Quyida har bir tur disketning axborot sigʻimi berilgan.
Uzoq vaqt axborot saqlash uchun moʻljallangan boshqa qurilma-qattiq disk yoki “vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni oʻqish, yozish va saqlash qurilmasidir. Qattiq diskda bir emas, balki bir oʻqda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va uni oʻqish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan to 4Gbaytgacha.
Buning ustiga “vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga karaganda tezroq uzatadi. U holda nima uchun disketlardan foydalaniladi?
Disketaning asosiy afzalligi shundaki, undagi axborotni bir kompyuterdan ikkinchisiga oʻtkazish osonroq. Qattiq diskni bir kompyuterdan ikkinchisiga koʻchirish yangi foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi. Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish, soʻngra boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni ushlash kerak. Disketani ko’chirish uchun esa bir diskyurituvchidan chiqarib ikkinchisiga qoʻyish kerak. Bu katta mahorat talab etmaydigan operatsiya.